Ali Hasan al-Majid
Ali Hasan Abdul-Majid at-Tikritiy ( arabcha: علي حسن المجيد shuningdek, Kimyogar Ali sifatida ham tanilgan; 30-noyabr, 1941-yil - 25-yanvar, 2010-yil) - Iroq davlat arbobi, harbiy mulozim. U o`z birodari Saddam Husayn davrida Iroq mudofaa vaziri bo`lgan. Iroq razvedka xizmati direktori lavozimida ishlagan. Anfol dasturiga (Kurd aholisini kimyoviy qurol bilan yo'q qilish) aloqadorligi uchun osib o'ldirishga hukm qilingan. Hukm 2010-yil, 25-yanvarda ijro etilgan.
Tarjimayi hol
tahrirRasmiy manbalarga ko‘ra, Ali al-Majid 1941-yili Tikritda tug‘ilgan, biroq uning tavallud sanasi noma'lum. U ham amakivachchasi kabi Abu Nosir qabilasidan bo‘lgan. Kambag‘al oilada o‘sgan. U 1968-yilda Baʼs partiyasi boshqaruvni qoʻlga kiritgunga qadar Iroq armiyasida mototsikl kuryeri va haydovchisi boʻlib ishlagan[1].
Amakivachchasining yordamiga tayangan Ali al-Majid martaba pillapoyalaridan tezda ko‘tarildi. Baʼs partiyasiga qo‘shilganidan so‘ng u avvaliga Iroq mudofaa vaziri Hammadi Shihobning yordamchisi, so`ngra xavfsizlik byurosida hukumat rahbari bo‘ladi. 1979-yilda Saddam Husayn mamlakat prezidenti lavozimini egallagach Ali Hasan uning eng yaqin harbiy maslahatchilaridan biriga aylangan.
Tribunal
tahrirAl-Anfol ishi
tahrirSaddam Husayn rejimi qulagandan so'ng, Kimyogar Ali hokimiyatdan ag'darilgan prezident va partiyadoshlari bilan birga Iroq maxsus tribunaliga olib chiqildi. Ali Hasan al-Majid Iroq tribunali (raisi - kurd) tomonidan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi harakatlarda, xususan, kurdlarning genotsidida ayblangan. Anfol sudining birinchi majlisida Kimyogar Ali sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi va "Men sukut saqlayman" [2] deydi. Sud majlislarida al-Majid Saddam kabi erkin edi. Sudda "Kimyogar Ali" o'z harakatlarini noto'g'ri deb hisoblamasligini ta'kidladi va hukumat harakatlari sababi kurdlarga nisbatan millatchilik emas, balki Iroqning yaxlitligini parchalashga bo`lgan kurdlarning urinishlari ekanligini ta'kidlaydi.
2007-yilning 24-iyunida Iroq tribunali Ali Hasan al-Majidni osib o'ldirishga hukm qiladi. Hukm e'lon qilinayotganda u hech qanday munosabat bildirmay, qimir etmay turadi, qolgan sudlanuvchilar esa hukmni eshitib, norozilik bildira boshlaydilar[3]. 4-sentabr kuni Iroq apellyatsiya sudi Oliy tribunalning Ali al-Majidga nisbatan ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirdi, biroq qatl 13-oktabr kuniga, ya'ni muqaddas Ramazon oyi oxiriga qoldiriladi. Bayramdan so`ng Bosh vazir Nuri al-Malikiy, Iroq prezidenti Jalol Talabani va uning o'rinbosari Tariq al-Hoshimiylar o`rtasidagi ixtiloflar hukm ijrosining kechikishiga olib keladi. Shunga qaramay, 2008-yil, 29-fevralda Iroq Prezident kengashi Ali Hasan al-Majidga [4] o'lim hukmini tasdiqladi, biroq u ijro etilmadi.
2010-yil, 17-yanvarda al-Majid Anfol ishi boʻyicha toʻrtinchi marta oʻlimga hukm qilindi [5].
Ijro
tahrir2010-yil, 25-yanvar, dushanba kuni Ali Hasan al-Majid Bag‘dod qamoqxonasida dorga osildi.
U Saddam Husaynning Al-Auja qishlog'ida, uning qabridan uncha uzoq bo'lmagan joyda dafn etilgan [6] .
Va shuningdek...
tahrir- Anfol
- Halabjada gaz hujumi
Eslatmalar
tahrir- ↑ Patrick Cockburn. „Chemical Ali: The end of an overlord“. The Independent (2007-yil 25-iyun). 2008-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Саддама судят за убийство курдов“. Русская служба Би-би-си. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-avgust.
- ↑ „"Химический Али" приговорен к смерти“. Русская служба Би-би-си. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-iyun.
- ↑ publisher=Газета.Ru. „Химический Али умрет физически“. 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-fevral.
- ↑ „«Химический Али» снова приговорен к смертной казни | Газета. Ru: Новости часа“. 2010-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.
- ↑ „Вести.Ru: Химический Али похоронен рядом с Саддамом Хусейном“. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Ular kimyoviy Alini ikki marta o'ldirmoqchi Архивная копия
- „FBI file on Chemical Ali“. 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-yanvar.