Ali posho tepelena
(Ali Posho Yaninadan yoʻnaltirildi)
Ali posho tepelena, Ali Posho Yanina (taxminan 1744-1822.5.2) — Tepelena (jan. Albaniya) dan chiqqan alban mulkdori. Bolqon yarim orolning katta qismiga hokimlik qilgan. Usmonli turk saltanatida markaziy hokimiyatning zaiflashganidan foydalanib, 1787-yil Yanina shahrini (Shim. Gresiyada) egallagan, soʻng Albaniya va Gresiyaning 1,5 mln. kishi yashaydigan katta qismini ham oʻziga tobe etgan (1812). Oʻzining shaxsiy qoʻshini va floti boʻlib, xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatgan. A. P. T. mulklarida oʻzaro nizolar barham topgan, savdo yoʻllari bexavotir boʻlgan. 1820-yil iyulda Turkiya sultoni Mahmud II A. P. T. ga qarshi urush ochgan va ushbu urush jara-yonida A. P. T. maglubiyatga uchrab, halok boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |