Ali ad-Dabusiy
Fiqh, tafsir va ilmi adab bo‘yicha imom, shofiʼiy faqih
Ali ibn Abu Yaʼlo Zayd ibn Hamza ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Husayniy, al-Alaviy, ad-Dabusiy (Abul Qosim) — shofiʼiy faqih bo‘lgan. Bag‘doddagi „Nizomiya“ madrasasida taʼlim jarayonini boshqargan. Fiqh, tafsir va ilmi adab bo‘yicha imom bo‘lgan. Oliyjanob, himmatli va saxovatpesha odam bo‘lgan. O‘zaro tortishuv va xusumatni bostirishda qo‘li o‘ta kuchli bo‘lgan. Unga maqomotlar zuhur etar va shu alfozda fazilatlarining ko‘pligi namoyon bo‘lardi. Ulamolardan hadis tinglagan.
Ali ad-Dabusiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | hijriy 482-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Fiqh, tafsir va ilmi adab bo‘yicha imom, shofiʼiy faqih |
Ali ad-Dabusiy hijriy 482-yilda vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 41-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |