Ali al-Omuliy
faqih, imom
Ali ibn Ahmad ibn al-Husayn al-Husayniy al-Alaviy, („Mumtozu-l-ulamo“ — „Ulamolarning sarasi“ (Abul Hasan) laqabi bilan mashhur) — faqih. Kelib chiqishi jihatidan Omulga mansub bo‘lgan imom. Maʼlum bir muddat Karbaloda istiqomat qilib, u yerdagi ulamolardan ilm o‘rgangan. Milodiy 1881-yilda (hijriy 1298-yil) tugʻilgan, milodiy 1937-yilda (hijriy 1355-yil) vafot etgan.
Ali al-Omuliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1881-yil (hijriy 1298-yil) |
Vafoti |
milodiy 1937-yil (hijriy 1355-yil) |
Dini | Islom |
Asarlari
tahrir- „Kitob fi-l-fatovo“ („Fatvolar haqidagi kitob“)
- „Rasoil fi-l-ijtihod va isboti-n-nubuvvati va-l-imomat“ („Ijtihod, payg‘ambarlik va imomlikni isbotlash haqidagi risolalar“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 47-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |