Ali at-Tabriziy (Tojuddin)

faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy

Ali ibn Ismoil ibn Yusuf al-Qunaviy at-Tabriziy ash-Shofiʼiy (Alouddin, Abul Hasan) — faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy bo‘lgan. U Rum diyoriga masub Quniyada milodiy 1270-yil (hijriy 668-yil) tug‘ilgan, so‘ngra Qohiraga kelgan. Keyinchalik Damashqqa kelib, u yerda Shom qozisi bo‘lgan.

Ali al-Qunaviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1270-yil (hijriy 668-yil)
Vafoti milodiy 1329-yil (hijriy 729-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, mutakallim, usuliy olim, adib va sufiy

Ali al-Qunaviy milodiy 1329-yil (hijriy 729-yil) zulqaʼda oyida Damashqda vafot etgan[1].

Asarlari tahrir

  • „Sharhu-l-hoviyi-s-sag‘iyr fi furuʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiylik mazhabidagi furuʼ al-fiqhga oid „al-Hoviy as-s-sag‘iyr“ sharhi“)
  • „Muxtasaru minhojid-din“ (Kalobodiyning „Shaʼbu-l-imoni-t-taarruf li mazhabi-t-tasavvuf“ — „Tasavvuf mazhabining donish va imon ahli“ asari haqidagi Halimiyning qalamiga mansub „Minhojuddin“ning qisqartmasi")
  • „Musannaf fi hayoti-l-anbiyo“ („Payg‘ambarlarning hayoti haqidagi kitob“)
  • „ash-Shofiy fi-l-usul“ („Ilmi usul bo‘yicha ishonchli asar“)
  • „al-Ibtihoj fi intixobi-l-minhoj“ („Dastur tanlashdagi xursandchilik“)

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 39 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.