Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy

Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy (arabcha: علي بن أبي إبراهيم الأسروشني — Abu Asad Ali ibn Abi Ibrohim Muhammad al-Ustrushaniy) — Muhaddis. Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy Samarqandga qarashli Ustrushan qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqand shahriga borib faoliyatini davom ettirgan.

Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1054-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Shogirdi

tahrir

Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniydan Abulhasan Ali ibn Abi Hasan ibn Ismoil as-Samarqandiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy 446/1054 yili Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Rivoyat qilgan hadis

tahrir

Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy tomonidan rivoyat qilingan hadis Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida shunday keltirilgan: U Abu Abdulloh Tohir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Haddodiydan kuyidagi hadisni rivoyat qilgan: Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: "Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Bandaning oyoqlari Alloh yoʻlida chang boʻldi deguncha, Alloh jahannamga ularni yondirmoqni harom qilur“- deb marhamat qilgan"[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 165.