Ali ibn Ahmad al-Xuzoʼiy

muhaddis

Ali ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Hasan al-Xuzoʻiy al-Balxiy (Abul Qosim) — muhaddis. U „Bo‘ri bilan gaplashgan“ laqabli Uhbon ibn Iyoz Xuzoʻiyning avlodlaridan. U milodiy 938-yil (hijriy 326-yil) rajab oyida tavallud topgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Ilm talabi bilan Buxoro, Balx, Samarqand va Nasafga safar qilgan.

Ali ibn Ahmad al-Xuzoʼiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 938-yil (hijriy 326-yil)
Vafoti milodiy 1020-yil (hijriy 411-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Ali ibn Ahmad al-Xuzoʻiy milodiy 1020-yil (hijriy 411-yil)ning safar oyida Buxoroda vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 45-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.