Ali ibn Muhammad Samarqandiy (arabcha: علي بن محمد سمرقندي — Ali ibn Muhammad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ali ibn Muhammad ibn Ishoq Bahouddin Isbiyjobiy Samarqandiy (1062—1141)) — Aqoid olimi, faqih va muftiy.

Ali ibn Muhammad Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1062-yil
Vafoti 1141-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Aqoid olimi, faqih, muftiy

Hayoti va ijodi

tahrir

Ali ibn Muhammad Samarqandiy Isbiyjobga nisbat berilgan. 454/1062-yil Isbiyjobda, jumodul ula oyida tugʻilgan. Isbiyjob Toshkent va Sayram oʻrtasidagi joylashgan Samarqandda yashab ijod qilgan. Oʻsha davrda Abu Hanifa mazhabi yoʻl-yoʻriqlarini Ali ibn Muhammad Samarqandiychalik biladigan kishi Movarounnahrda boʻlmagan. Muftiy boʻlgan va shayxulislom darajasiga koʻtarilgan. Ali ibn Muhammad Samarqandiyning mazhab boʻyicha fikrlarini quvvatlaydigan ashoblari va shu bilan birga u kishiga muxolif chiqadiganlar ham boʻlgan. Ali ibn Muhammad Samarqandiy Samarqand imomlaridan biri boʻlgan ustozi Abu Ali Hasan ibn Ali ibn Ahmad ibn Robi’ ibn Shofi’ ibn Mu’min Sankabosiydan hadis eshitib taʼlim olgan. Shu ustozi fatvo va boshqa masalalarni chiqarishga ijozat bergan. Ali ibn Muhammad Samarqandiyning „Al-fatovo“ („Fatvo-lar“), „Sharh muxtasaru-t-Tahoviy“ („Ta-hoviy muxtasariga sharh“), „Al-bahr mu’ziy“ („Taskinlantiruvchi dengiz“), „Sharhu-l-mabsut“ („Mufassal sharh“) asarlari mashhur. Ali ibn Muhammad Samarqandiy asarlaridan islom huquqining naqadar buyukligi, ulardan insonlar ibodat, muomala va hayot tarzini oʻtka-zishda foydalanish yoʻllarini bilib olish mumkin. Alloma 535/1141-yili Zulqaʼda oyining yigirma uchinchi kuni Samarqandda vafot etgan.[1]

Asarlari

tahrir
  • „Al- fatovo“,
  • „Sharh muxta- saru — t- Tah oviy“,
  • „Al- bah r mu’ziy“,
  • „Sharh u — l-mabsut“.

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 545.