Ali shatranjiy samarqandiy (14-asrning 2-yarmi; asl nomi Ali Tabriziy) — shatranj ustasi. Jahon shaxmat adabiyotiga kat-ta hissa qoʻshgan. Amir Temur davrida unga teng keladigan shaxmatchi boʻlmagan. Shatranj toʻgʻrisida yozib qoldirgan risolasida 60 ta mansuba toʻplagan, shulardan 19 tasini oʻzi tuzgan. A. Sh. S. risolasidagi „Shatranji kabir“ taf-318siloti Abulfath Ahmad Sijziy kitobidagi bayonning oʻzganasidir. „Shatranji kabir“ning ayni shu koʻrinishi Temurning sevgan oʻyini boʻlgan. Tabrizda, keyinchalik Eron, Ozarbayjonda yashagan xoja Ali Tabriziyni Xondamir oʻsha davrda shuhrat topgan shaxmatchi sifa-tida taʼriflaydi. A. Sh. S. Amir Temur uyushtirgan shaxmat majlislarining do-imiy ishtirokchisi boʻlgan. Bir vaqtda 4 kishi bilan 4 ta taxtada gʻoyibona oʻynay olgan. Xoja Ali Tabriziy Amir Temurning farmoni bilan usta shatranjchi sifa-tida Samarqandga olib kelingach, A Sh. S. nomi bilan shuhrat topgan. Ad:. Muhiddinov M., Sohibqiron dona surganda, T., 1996.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil