Alice Stewart
Alice Mary Stewart (1906-yil 4-oktabr— 2002-yil 23-iyun) – Britaniyalik shifokor va epidemiolog. Mutaxassisligi ijtimoiy tibbiyot hamda radiatsiyaning odam organizmiga taʼsiri. Amaliy ishi Hanford plutoniy ishlab chiqarish korxonalarida radiatsiyadan zararlangan ishchilar sogʻligini oʻrganish va nurlanishning past dozalari keltirib chiqaradigan havfni oldindan aniqlash boʻlgan. Homilador ayollar rentgen nurli tekshiruv diagnostikasidan oʻtganda nurlanishning homilaga taʼsirini va tugʻiladigan bolalarda saraton havfi boʻlishi mumkinligini birinchi boʻlib aniqlagan[1]. 1986-yilda past kuchlanishli radiatsiyaning havf-xatarlarini ochib berganligi uchun Right Livelihood Award mukofotiga sazovor boʻlgan[2].
Alice Stewart | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil 4-oktabr Sheffield, Angliya |
Vafoti |
23-iyun 2002-yil (95 yoshda) Oxford, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Sohasi | epidemiologiya |
Institutlar | Oxford University Medical School universiteti |
Mashhur ishlari |
Ijtimoiy tibbiyot Radiatsiyaning havf omillari |
Mukofotlari |
Right Livelihood Award mukofoti (1986) Ramazzini Award mukofoti (1991) |
Yoshligi
tahrirStewart Angliyaning Sheffield shahrida tugʻilgan. Ikki farzandning onasi, Lucy va Albert Naish. Ularning ikkisi ham pediatriya sohasi boʻyicha faoliyat yuritgan va bolalar farovonligiga doir hayrli ishlari uchun Sheffieldda qahramon boʻlishgan. Alice ilk tibbiy bilimlarni Kembrijdagi Girton kollejida klinikadan boshlab oʻrgangan. 1932-yilda Londondagi Royal Free Hospital shifoxonasida klinik tadqiqotlar olib borgan. U Manchester va London shifoxonalarida ishlab tajriba orttirgan. 1936-yilda Qirollik shifokorlar kollejiga aʼzo boʻlgan. 1935-yilda Royal Free Hospitalda qabul boʻlimida nazoratchi va 1939-yilda Elizabeth Garratt Anderson shifoxonasida maslahatchi shifokor lavozimlarida ishlagan.
1941-yilda ish topish uchun vaqtinchalik Oxfordga koʻchib oʻtadi va u yerdagi Radcliffe shifoxonasida ishlay boshlaydi. Radcliffdagi professor doktor Lesli Vitts Nuffild uni oʻziga katta yordamchi qilib tayinlaydi. Alice u yerda ijtimoiy tibbiyotga doir bilimlarini oshiradi. Bu sohaga qiziqishi uni rivoji uchun hissa qoʻshishga sabab boʻladi[3].
Epidemiologik tadqiqotlari
tahrirOxforddagi tibbiyot yoʻnalishida 1942-yili ijtimoiy va profilaktika boʻlimi yaratilgan boʻlib, Stewart u yerda bosh yordamchi lavozimida ishlagan. 1950-yilda unga birlashma boshligʻi lavozimi berilgan. Professorlik darajasiga yaqin bu mansab oʻsha vaqtda uncha katta ahamiyatga ega mansab emas deb hisoblangan[4]. Shunga qaramay, davlat tomonidan uning tadqiqotlari uchun mablagʻ ajratilgan. 1953-yilda Tibbiy tadqiqotlar kengashi 1953-—1956-yilardagi rentgen nurlari sababli bolalarda kelib chiqadigan saraton kasalligini oʻrganishda uni mablagʻ bilan taʼminlab turgan. Dastlab uning ishlariga ishonchsizlik bilan qaralgan. Ammo keyinchalik homilaning rentgen nurlariga taʼsiri va buning oqibatlari dunyo boʻyicha oʻz tasdigʻini topgan. Natijada bugungi kunga kelib homilador ayollarning rentgen, UZI apparatlariga tushishida cheklovlar va muddatlar belgilandi[5]. Stewart 1974-yilda isteʼfoga chiqadi. Mashhurlik davri ham aynan nafaqa yoshiga toʻgʻri keldi. Birmingham universitetining ijtimoiy tibbiyot boʻlimining sharafli aʼzosi etib tayinlandi[6]. Shundan soʻng, Pittsburgh universiteti professori Thomas Mancuso bilan ishlab, Vashington shtatidagi Hanford plutoniy ishlab chiqarish zavodida nurlanish darajasini tahlil qila boshladi. Tadqiqotlari davomida ishchilarning sogʻligiga havf soladigan nurlanish va radiatsion kasalliklar borligini aniqladi[7]. Chekishning organizmda keltirib chiqaradigan kasalliklarini aniqlashda taniqli boʻlgan olim, epidemiolog Richard Doll oʻzining anomal natijalari bilan yordamchisi George Kneale tomonidan taqdim etilgan saratonga oid izlanishlarni oʻzaro bogʻladi. Stewart bu haqida fikr bildirib, ularning xulosalari statistik jihatdan ahamiyatli ekanligini tan oldi va qoʻllab quvvatladi[8][9].
1986-yilda Stewart Stockholmda Right Livelihood Foundation mukofoti bilan taqdirlandi va shon-sharaf roʻyxatiga qoʻshildi. Nihoyat, u Oxfordning Lady Margaret Hall professor-oq’ituvchi unvoniga tayinlandi va professor nomiga sazovor boʻldi[10]. 1997-yilda Stewart radiatsiya havfiga doir ishlar boʻyicha Yevropa qoʻmitasi birinchi raisi lavozimiga taklif qilindi[11].
U haqida birinchi marta 1999-yilda Gayle Greene tomonidan juda koʻp narsani bilgan ayol deb maqola chop etilgan[12].
Foydalanilgan adabiyotlar
tahrir- Stewart, Alice (1948). "Pneumoconiosis of Coal-Miners: A Study of the Disease after Exposure to Dust Has Ceased". British Journal of Industrial Medicine 5 (3): 120–140. ISSN 0007-1072. https://www.jstor.org/stable/27720706.
- Giles, D.; Hewitt, D.; Stewart, A.; Webb, J. (1 September 1956). "Malignant disease in childhood and diagnostic irradiation in utero". Lancet 271 (6940): 447. doi:10.1016/s0140-6736(56)91923-7. ISSN 0140-6736. PMID 13358242. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/13358242/.
- Stewart, A.; Webb, J.; Hewitt, D. (28 June 1958). "A survey of childhood malignancies". British Medical Journal 1 (5086): 1495–1508. doi:10.1136/bmj.1.5086.1495. ISSN 0007-1447. PMID 13546604. PMC 2029590. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2029590.
- Mancuso, T. F.; Stewart, A.; Kneale, G. (November 1977). "Radiation exposures of Hanford workers dying from cancer and other causes". Health Physics 33 (5): 369–385. doi:10.1097/00004032-197711000-00002. ISSN 0017-9078. PMID 591314. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/591314/.
Manbalar
tahrir- ↑ Carmel McCoubrey (4 July 2002) „"Alice Stewart, 95; Linked X-Rays to Diseases"“. https://en.wikipedia.org/wiki/The_New_York_Times.
- ↑ The Right Livelihood Award. „"Alice Stewart".“. 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
- ↑ Greene, Gayle (2017). The Woman Who Knew Too Much — Alice Stewart and the Secrets of Radiation (revised ed.). Ann Arbor MI: University of Michigan Press. „978-0472053568.“.
- ↑ Doll, Richard „"Alice Stewart". Oxford Dictionary of National Biography“. https://en.wikipedia.org/wiki/Dictionary_of_National_Biography#Oxford_Dictionary_of_National_Biography.
- ↑ Stewart, Alice M; J. W. Webb; B. D. Giles; D. Hewitt, 1956. "Preliminary Communication: Malignant Disease in Childhood and Diagnostic Irradiation In-Utero, " Lancet, 1956, 2: 447.
- ↑ Doll, Richard „Oxford Dictionary of National Biography“.
- ↑ Mancuso, Thomas; Stewart, Alice; Kneale, George (November 1977). "Radiation exposures of Hanford workers dying from cancer and other causes". Health Physics „doi:10.1097/00004032-197711000-00002“.
- ↑ Stewart, Alice; Kneale, George (1978). "Low-dose radiation". The Lancet. 312 (8083): 262–263. „doi:10.1016/S0140-6736(78)91772-5. ISSN 0140-6736.“.
- ↑ Martin, John (November 1980), "On cancer and radiation" „Bulletin of the Atomic Scientists.“.
- ↑ Vines, Gail (28 July 1995). " A Nuclear Reactionary" „Times Higher Education Supplement.“.
- ↑ Staff writers (2003). „"Background: the ECRR"“. Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
- ↑ Rentetzi, Maria (March 2019) „"Gayle Greene, The Woman Who Knew Too Much: Alice Stewart and the Secrets of Radiation"“.