Aligarx
Aligarx – Hindistonning shimoli qismidagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 480 ming kishi (1991). Aligarx va avtomobil yoʻllari tuguni. Ipgazlama, oyna, metallsozlik korxonalari bor. Aligarx rayonining savdo markazi (gʻalla, paxta, shakarqamish). Aligarxda har yili yarmarka oʻtkaziladi. 1524-yilda qurilgan qal’a (fort) saqlanib qolgan. Musulmonlar universiteti (1920-yildan) bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |