Alimardon dodxoh

(1887—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri

Alimardon Dodxoh Muxamedov (Alimardon Dodxoh) — (1887—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].

Alimardon Dodxoh
Alimardon Dodxoh Muxamedov
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1887-yil
Sharqiy Buxoro
Vafoti 1932-yil


Tarjimayi holi

tahrir

Alimardon Dodxoh 1887-yil Sharqiy Buxoroda tavallud topgan. U Beshbuloq yaqinidagi Boʻyla Dashtak qishlogʻida yashagan va oʻziga toʻq oiladan boʻlgan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

Alimardon Dodhoh 1920-yil oxirida Sharqiy Buxorodagi qoʻzgʻolonlar natijasida Ayritosh kechuvi orqali, Dashti Qal’a qarshisidan Afgʻoniston hududiga oʻtib ketadi. Rustoqqa oʻtib, u yerning hokimidan yashash uchun ruxsat olgan. Rustoqda 11 tuyaga ega boʻlib, maʼlum muddat kirakashlik qilgan. Alimardon Dodxoh bilan birgalikda qarindoshlari bilan 15 ta oila ham mavjud boʻlgan. Ular orasida doʻsti Qorakoʻl ham boʻlgan. Ibrohimbek bilan avgʻonlar oʻrtasida urush boshlangach, u Taliqonga kelgan va avgʻonlar tomonidan talangan. Alimardon Dodxoh Mamay qishlogʻiga qochadi va u yerdan esa oʻz oilasi va boshqa bir nechta oilani Tojikistonga oʻtkazib yuborgan. U Ibrohimbek bilan Avgʻonistondan qaytib kelgach, Chortogʻdagi qurultoyda ishtirok etadi. U Isoxon Eshon bilan birgalikda Hisor va Bobotogʻda yuborilgan. Alimardon Dodxoh oʻzining yigitlari bilan birgalikda Yabu, Chiyali, Qizilqal’a, Oqsuv, Toʻquzadir, nayzabuloq qishloqlarida qizil askarlarga qarshi janglar olib borgan. 1931-yil 22-iyunda Stalinobod GPUsi tomonidan qoʻlga olingan va Alimardon Dodxoh OGPU kollegiasining 1932-yil 13-apreldagi hukmi boʻyicha 1932-yil 10-avgustda Toshkentda 45 yoshida otib tashlangan. Sovet hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan qoʻrboshilar oʻz kurashlarini davom ettirdilar. Uning bir qator hamrohlari keyingi yillarda Buxoroda qizil askarlarga qarshi kurashlar olib borishdi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi[2].


Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.