Alina Bronskiy (bu yozuvchining taxallusidir),[1] asli rossiyalik boʻlgan nemis yozuvchisi. Uning kitoblari 15 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan AQSh va Italiyada davlatlarida bosma va audio formatda nashr etilgan[2]. Yozuvchining ilk asari hisoblangan „Scherbenpark“ romani(2008) adabiy tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi[3].

Alina Bronsky
Tavalludi 1978 (yoshi 45–46)
Ijod qilgan tillari German
Fuqaroligi Germaniya

Hayoti tahrir

Bronsky 1978-yilda Sovet Rossiyasining Yekaterinburg shahrida, Rossiyaning markaziy qismida joylashgan Ural togʻlari etagidagi sanoat shaharchalarining birida tugʻilgan va bolaligi Marburg hamda Darmstadtda oʻtgan. Tibbiyot maktabini tugatgandan soʻng, Bronsky reklama kopirayteri va gazeta tahririyatlarida oʻzining ilk faoliyatini boshladi[4]. Alina beva qolganidan soʻng Berlindagi sevgilisi, aktyor Ulrich Noethen bilan turmush quradi. Uning birinchi turmushidan uchta farzandi bor va 2013-yilning avgustida Noethen bilan u qiz farzand koʻrishdi[5][6]. Bronskyning aytishicha, u oʻzini ikkita alohida odam sifatida koʻradi: nemis tilida soʻzlashuvchi adabiy xodim va oilaviy-hissiy masalalarda rus tilida soʻzlashuvchi oila bekasi.

Ijodi tahrir

Alina Bronskyning asarlarini Frankfurtning taniqli adabiy agentlari Georg Simader chop ettirgan. Yozuvchi oʻzining ilk romanini tugatgandan soʻng, uchta adabiyotning taniqli vakillariga romanni elektron pochta orqali yubordi, ularning uchovi ham keyinchalik qoʻlyozmani soʻrashdi. Ulardan ikkitasi oradan koʻp vaqt oʻtganidan keyin nashrga rozi boʻlishdi, bu oʻsha davrda chindan ham juda erta tan olinishini anglatar edi[7][8].

Bronskyning birinchi romani „Scherbenpark“ boʻlib, asar koʻpchilikka „Broken Glass Park“ nomi bilan tanilgan. Roman onasining oʻldirilishi va Rossiyadan Germaniyaga koʻchib oʻtganidan keyin yangi hayotiga moslashish uchun kurashlardan iborat boʻlgan oʻn yetti yoshli Sasha ismli qiz haqida hikoya qiladi. Sasha aka-ukalariga gʻamxoʻrlik qilish va onasining qotilidan qasos olish uchun doim kurashadi. Bronskyning ilk romani „Broken Glass Park“ (Europa, 2010) Boston Globe tomonidan „bosim ostidagi zamonaviy oʻsmirlik davrining yorqin tasviri“ deya ijobiy fikrlar bilan baholangan[9]. „Broken Glass Park“ 2008-yilda nufuzli Ingeborg Bachman mukofotiga[10] va 2009-yilda esa Germaniyaning Young Adult adabiy mukofotiga nomzod boʻlgan. Roman Jasna Fritzi Bauer ishtirokidagi film uchun sahnalashtirilgan[11]. Bronskyning ilk asaidagi eʼtirof navbatdagi romanlarining ham muvafaqqiyatli chiqishiga sababchi boʻldi.

Manbalar tahrir

  1. Heller, Amanda. „Short Takes“. Boston Globe  – via HighBeam Research (subscription required)  (2010-yil 16-may). 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-mart.
  2. „Alina Bronsky | ARENA Verlag“. 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  3. Gerstenberger, Katharina: Women in German yearbook pp.ix (Editors' introduction), vol. 26, 2010. [1058-7446]
  4. „10 Fragen an Alina Bronsky“ (German). To4ka-Treff. Goethe-Institut (2012-yil iyun). Qaraldi: 2013-yil 3-mart.
  5. Götze. „Die schreibende Hausfrau“. Frankfurter Rundschau (2012-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  6. „Ulrich Noethen Ist wieder Vater geworden“. Bunte (2013-yil 29-avgust). Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
  7. „Portrait Alina Bronsky - Georgii-Gymnasium Esslingen“. www.georgii-gymnasium.de. 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Review by: Elizabeth Powers. World Literature Today Vol. 83, No. 3 (May – Jun., 2009), pp. 60-61, Published by: Board of Regents of the University of Oklahoma
  9. Heller, Amanda. „Short takes“. Boston.com (2010-yil 16-may).
  10. Höbel, Wolfgang. „Parfum der Gosse“. Der Spiegel (2008-yil 29-iyun).
  11. „Scherbenpark (2013)“. IMDb.