Aliobod (Gʻazira) madrasasi — Samarqand madrasasi. Aliobod (Gʻazira) madrasasi Katta Soʻgʻd tumanidagi eng mashhur madrasalardan biri boʻlgan[1]. Madrasa Yassaviya tariqatining taniqli vakili Olim shayx Azizon tomonidan bunyod etilgan. Uning mozori ham shu yerda joylashgan boʻlgan. Abu Tohirxoja uning avlodlaridan biri boʻlgan. Abu Tohirxoja Olim shayx Azizon bunyod ettirgan masjid, madrasa va xonaqoh Sheroz Kabud tumaniga qarashli Aliobod mavzesida ekanligini yozgan. Biroq uning tuzilishi, hujralar va talabalar soni toʻgʻrisida rus maʼmurlari taftish qilgan hujjatlarda maʼlumot koʻrsatilmagan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasa uchun yer va koʻplab tegirmonlar vaqf qilingan. Madrasa uchun Polvonariq volosti Erta urugʻ (uruch) oqsoqolligi Qoraqismoq qishlogʻida 300 tanob yer — 180 rubl, Sariqipchoq qishlogʻida 800 tanob — 480 rubl, 2 tegirmon — 18 rubl, Navroʻztepa qishlogʻida 900 tanob — 540 rubl, Chuqur qishlogʻida 700 tanob yer — 420 rubl, 2 tegirmon — 18 rubl daromad olingan. Anhor tumanidagi Sazagʻan qishlogʻida Choʻnqaymish madrasasiga tegishli joylar bilan chegaradosh hududlarda ham mazkur madrasaning vaqf mulklari mavjud boʻlgan. Madrasaning 1882-1884-yillarda oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. 1882—1884-yillarda madrasa uchun umumiy 2700 tanob- 1620 rubl, 4 tegirmon- 36 rublni tashkil etgan. 1882-yilda madrasa va vazifadorlar ehtiyojiga 1932 rubl qoldirilgan. Rus maʼmurlari 272 rubl soliq undiradi 1883—1884-yillarda ham 1932 rubl madrasa ehtiyoji uchun sarflangan va rus maʼmurlariga 272 rubl soliq undirilgan. Mazkur madrasa Samarqanddagi mashhur dargohlardan biri boʻlgan[2].

Madrasa
Aliobod (Gʻazira) madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Olim shayx Azizon
Homiylar Olim shayx Azizon
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Meʼmorchiligi tahrir

Aliobod (Gʻazira) madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar tahrir

  1. Valixoʻjayev B. Samarqadda oliy taʼlim-madrasayi oliya-universitet tarixidan lavhalar. Samarqand: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001 — 180 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.