Aliqambar — 1) Turkiston xalqlari ijodida (oʻzbeklarda — A. yoki Qambar ota, turkman va qirgʻizlarda — Bobo Qambar, tojiklarda — Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar „piri“, shuningdek musiqa asboblari (mas, dutor)ning afsonaviy ixtirochisi. Oʻzbek va tojik musiqa folklorida koʻpgina yomgʻir chaqirish marosim qoʻshiqlari (mas, „qambar bo-ziy“) A. nomi bilan bogʻliq. Xorazm afso-nalarida A. xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar „piri“. Beruniy yozgan qad. turkiy xalqlar mavsumiy bayrami — „gahanbar“ talaffuzning oʻzgarishi natijasida A.ga aylangan degan baʼzi mulohazalar ham mavjud; 2) oʻzbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan ufar yoʻllariga yaqin. Ohanglari xo-razm yirik ashula yoʻllari (Feruz, Su-voralar), dostrn va maqomlarida cholgʻu naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil