Alisher Navoiy masjidi (Kogon)

Mosque in Kagan, Bukhara, Uzbekistan

Alisher Navoiy jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid[1]. Shaharning gʻarbiy qismida bunyod etilgan ilk[2] va yagona masjid[3].

Alisher Navoiy masjidi
Alisher Navoiy jomeʼ masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Diniy tashkilot
Turi Masjid
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Mahmud Torobiy koʻchasi
Shahar Kogon
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1989-yil
Qurilishi tugagan 1991-yil
Buzilgan sana 2021-yil
Map
Alisher Navoiy jomeʼ masjidining oʻrni xaritada

Masjidning ilk binosi 1989—1991-yillarda 10x10 metr maydonda bunyod etilgan. 1992-yilda masjidga 600 m² yer maydoni ajratib berilgan. 1994-yilda masjidni kengaytirish ishlari boshlanib, tahoratxona va ayvon qurilgan. 1999-yil Davlat Adliya boshqarmasi roʻyxatidan oʻtkazilgan. Yillar mobaynida masjid hududi kengayib borgan va 2012-yilda 733 m² ga yetgan. 2016-yilda masjidning asosiy binosi toʻliq rekonstruksiya qilingan. 2018—2019-yillar davomida masjidda qurilish ishlari olib borilib, masjid ayvoni kengaytirilgan, tahoratxona qayta qurilgan[2].

Turli yillarda Roib Loyiqov (1991—1999), Toʻlqin Safarov (1999—2017), Afzal Kamolovlar (2017—hozirgacha) masjidga imom etib tayinlanishgan[2].

2020-yil 31-oktyabrda payvandlash xavfsizligi qoidalarining buzilishi sababli yongʻin sodir boʻlib, natijada masjid yordamchi binosining 35 m² tom qismi yongan[4].

Hozirda masjidning eski binosi oʻrnida yangi zamonaviy koʻrinishdagi masjid binosi qurilyapti.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy tashkilotlar“. Minjust.uz. 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „„Alisher Navoiy“ jomeʼ masjid tarixi“. Naqshband.uz (28-may 2020-yil). 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
  3. „Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy tashkilotlar“. Buxoro.adliya.uz (25-iyul 2018-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
  4. „Buxoro viloyatining Kogon shahridagi masjidda yongʻin sodir boʻldi“. Daryo.uz (1-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.