Alixon Boʻkeyxon (qozoqcha: Әлихан Бөкейхан; 1866, Semipalatinsk27-sentyabr 1937, Moskva) — Alash oʻrda hukumati raisi (1917-1920-yillar)[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16].

Alixan Boʻkeyxanov
qozoqcha: Әлихан Нұрмұхамедұлы Бөкейхан

Viborg ishida, 1907
 Alash oʻrda hukumati raisi
Mansab davri
13-dekabr 1917 – 5-mart 1920
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-yanvar 1866-yil
Semipalatinsk
Vafoti 27-sentyabr 1937-yil(1937-09-27)
(71 yoshda)
Moskva

Biografiyasi tahrir

Omsk texnik maktabini, keyinchalik Sankt-Peterburg davlat universitetini iqtisodiy fakultetini tamomlagan.

"Semipalatinsk xabarnomasi" gazetasida muharrir bo’lib ishlaydi. Alixan Bukeyxanov Abay Qoʻnonboyevning birinchi biografi bo’lgan. U haqida gazetada bir nechta maqolalar chiqargan.

1905-yilda Konstitutsiyaviy demokratik partiya (kadet) a'zosi bo’ldi.

Moskvada bo’lib o’tgan Zemstvo majlisida ishtirok etgan barcha xalq deputatlari va kadetlar ichida, uning tashabbusi bilan Qirg’izlar konstitutsiyaviy-demokratik partiyasini tuzish taklif qilindi. 1906-yil yanvarda u "Qirg'iz siyosiy harakati rahbari sifatida" hibsga olndi, lekin bir necha oydan so’ng qo’yib yuborildi.

1906-yilda u Semipalatinskka yetib keldi. Viloyat nomidan Rossiya imperiyasi Davlat Dumasining a’zosi etib sayandi.

Deputat sifatida qirg’iz-qozoq xalqini milliy-ozodlik harakatiga chaqiruvchi Viborg manifestini tuzadi. 1908-yilda yana qamoqqa olinadi.

Qozoq xalqi uchun erkinliklar berish, shuningdek, boshqa fundamental masalalar (yerdan foydalanish, jamoat va davlat) yuzasidan u o’zi tuzgan "Nega men kadet partiyasidaman" konsepsiyasida bayon etgan.

1913-yilda mustaqil "Alash Partiyasi"ga asos soldi va 1917-yilga kelib, yangi Alash oʻrda muxtor davlati tashkil topdi.

1917-1927-yillarda Bukeyxanovga Bolsheviklar tomonidan hamda mafkuraviy va siyosiy raqiblari tomonidan kuchli bosimlar o’tkazilgan. Bukeyxanov bu sharoitda siyosiy va ijtimoiy faol faoliyatini tark qilishga majbur edi.

1930-yilda muxtoriyat “buzg’unchi tashkilot” sifatida tugatildi.

Bukeyxanov Moskvada SSSR Markaziy nashriyot uyida qo’lga olingan va 1937-yil 27-sentyabrda SSSR Oliy sudi tomonidan uni qatl etishga hukm chiqarilgan. Hukm shu kuniyoq ijro qilingan.

Asarlari tahrir

  • Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 11. 23 марта 1908-yil. Томск.
  • Букейханов А. Переселенцы в тарских урманах // Сибирские вопросы: периодический сборник. № 12. 31 марта 1908-yil. Томск.
  • Букейханов А. Киргизы. Формы национального движения в современных государствах. (Под ред. А. И. Костелянского), СПб, 1910.
  • Bukeykhanov A., Dulatov M., Baytursun A., Ryskulov T. Kazakh on Russians before 1917. //Society for Central Asian Studies. Reprint series. No. 5.-Oxford, 1985.
  • Букейханов А. Шыгармалары (Сочинения). — Алматы: Жалын, 1994.
  • Букейханов А. Шыгармалары. — Алматы: Казак энциклопедиясы, 1995.

Manbalar tahrir

  1. Как Букейхан остановил строительство железной дороги
  2. Выступление Букейханова. // Либеральное движение в России. 1902—1905-yil. М.: РОССПЭН. 2001. С. 499—500.
  3. ЦГАОР, ф. ДП, 7 д-во, д. 2, ч. 39, л. 63
  4. Сибирская торговая газета. № 59. 16 мая 1906-yilа. Тюмень
  5. 5 июня в Семипалатинск прибыл учёный лесовод киргиз Каркаралинского уезда А. Н. Букейханов // Сибирская торговая газета. № 86. 18 июня 1906-yilа. Тюмень
  6. Оболенский В. А. Моя жизнь. Мои современники. Париж: YMCA-PRESS. 1988. c. 396.
  7. Петербург. Ложа «Чермака»
  8. ТАНАЧЕВ Валидхан Шараф-Эльдинович (Шарафетдинович) // Qozogʻiston | ЦентрАзия., 2017-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  9. Марат Сдыков. В борьбе за народное счастье., 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  10. Бонч-Осмоловский, Анатолий Осипович. Воспоминания. // Бонч-Осмоловские. Воспоминания. М.: 2015. С. 292.
  11. Севастьянов Яков Сергеевич // Яндекс. Словари › Революционеры. — 1927—1934.[sayt ishlamaydi]
  12. Дети Алихана Букейхана., 2017-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-30
  13. Подвиг народа
  14. Прах Смагула Садвакасова спустя 77 лет доставлен в Qozogʻiston.
  15. Информация из донесения о безвозвратных потерях
  16. Алихану Букейхану, лидеру движения «Алаш», исполнилось 145 лет.

Havolalar tahrir