Aliye Berger
Aliye Berger (1903-yil 24-dekabr — 1974-yil 9-avgust) — turk rassomi, oʻymakori va tasviriy sanʼat oʻqituvchisi. Berger Turkiya Respublikasining birinchi gravyura (grafik sanʼat turi) laridan biridir. Ekspressionistik gravyuralari va 1954-yilda Yapı Kredi Bankining rasm tanlovida gʻolib chiqqanligi bilan mashhur[1].
Aliye Berger | |
Tavalludi | 1903-yil 24-dekabr |
Vafoti | 1974-yil 9-avgust Büyükada, Istanbul, Turkiya |
Millati | Turk |
Sohasi | Rassomchilik, o'ymakorlik, rang-tasvir |
Mashhur suratlari | Güneşin Dog'ushu " ("Quyosh ko'tarilishi") |
Kim ta'sir ko'rsatgan | Rassom Jon Baklend-Rayt |
Hayoti
tahrirBerger 1903-yil 24-dekabrda Turkiya jumhuriyatining Istanbul shahri Buyukada shaharchasida tugʻilgan[2]. Ootasi Kabaagachli Shakir Pasha va onasi Giritli Sare Ismoil Xanim[3]. Singlisi rassom Fehrelnissa Zeid va akasi muallif Jevat Shakir Kabaağachli boʻlgan.
Berger dastlab Notre Dame de Sion litseyida oʻqiyotganda rasm va pianino darslarini oʻrgangan[4]. 1947-yilda musiqa oʻqituvchisi Karl Bergerga turmushga chiqdi, ammo Berger olti oydan oʻtgach vafot etdi[1].
Keyin Berger Londonga koʻchgan va u yerda rassom John Buckland-Wrightning ustozligi ostida gravyura va haykaltaroshlikni oʻrganishni boshladi. 1951-yilda Istanbulda ilk koʻrgazmasini oʻtkazdi. Uning „Güneşin Dogʻushu“ („Quyosh koʻtarilishi“) rasmi 1954-yilda xalqaro tanlovda gʻolib chiqdi va keyingi yili 2-Tehron Biennalesida ikkinchi oʻrinni egalladi[5]. Berger keyingi oʻn yilliklarda samarali ishladi[1].
Aliye Berger 1974-yil 9-avgustda Istanbulning Buyukada shahrida vafot etdi[6]. Istanbuldagi Shahzoda orollaridagi Buyukada qabristoniga dafn etilgan.
Xotira
tahrir1975-yilda Istanbul tasviriy sanʼat akademiyasida Bergerning vafotidan keyingi retrospektivasi boʻlib oʻtdi[7]. Yana bir koʻrgazma 1988-yilda Yapı Kredi Bank tomonidan tashkil etilgan. Bergerning toʻrtta asari Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyida, uchtasi Albertina muzeyida namoyish etilgan[5]. Uning 1960-yilgi asari „Nomsiz darveshlar“ Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanadi[8].
2020-yil 24-dekabrda Aliye Berger tavalludining 117 yilligi munosabati bilan unga bagʻishlangan Google Doodle chiqqan[7][5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „A Selection from the Collection - İstanbul Modern“. www.istanbulmodern.org. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „Necmi Sönmez, Berger 100 Yaşına Bastı, Radikal gazetesi 24.12.2003“.
- ↑ „Lebriz Sanal Dergi - Aşk, Sanat Tarihine Bir İsim Kazandırdı: Aliye Berger“. lebriz.com.
- ↑ „Hürriyet - Haber, Son Dakika Haberler, Güncel Gazete Haberleri“ (turkcha). Hürriyet. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Aliye Berger kimdir? Sanatçı Aliye Berger Google'da doodle oldu! İşte Aliye Berger'e ilişkin bilgiler“ (turkcha). www.hurriyet.com.tr. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Aliye Berger: Google honors Turkish artist on her 117th birthday | Entertainment“ (inglizcha). Devdiscourse. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
- ↑ 7,0 7,1 „Aliye Berger's 117th Birthday“ (inglizcha). www.google.com. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Untitled Dervishes ca. 1960 Aliye Berger“. www.metmuseum.org. Qaraldi: 24-dekabr 2020-yil.