Alkalimetriya (arabcha, alqaly -ishqor va yunoncha metreo — oʻlchayapman) — ishqor miqdorini aniqlashda hajmiy analizning neytrallanish reaksiyasiga asoslangan usuli. Bunda tekshirilayotgan eritmaga maʼlum konsentratsiyali kislota oz-ozdan qoʻshib boriladi. Reaksiyaning oxiri ilgaridan qoʻshib qoʻyilgan indikator rangining oʻzgarishiga qarab bilinadi. Ishqor miqdori sarflangan kislota miqdoriga qarab aniqlanadi. Eritmalar rangli boʻlsa, titrlash usulidan foydalaniladi. Alkalimateriyadan eritmadagi ishqor, soda kabi aralashmalar miqdorini, suvning qattiqligini aniqlashda foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil