Toʻyingan uglevodorodlar
Toʻyingan uglevodorodlar — uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnH2n+2. Atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan CN4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan CN2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Katorning boshlangʻich 4 aʼzosining nomi — metan CN4, etan C2N6, propan C3N8, butan C4N10; keyingi gomologlarning nomi yunoncha sanoq sonlar bilan ifodalanadi, mas., C5N]2— pentan, CgH]8— oktan, C|()N22—dekan, C16N34— setan. Barcha Toʻyingan uglevodorodlar ning nomiga „an“ qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. Toʻyingan uglevodorodlarning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan. Butangacha boʻlgan Toʻyingan uglevodorodlar va neopentan — rangeiz gaz, C5N12 dan to C17N36 gacha —suyuklik, undan keyingilari qattiq moddalardir. Toʻyingan uglevodorodlar suvda erimaydi, koʻpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reakdiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: Toʻyingan uglevodorodlarni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi Toʻyingan uglevodorodlarni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. Toʻyingan uglevodorodlarni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. Toʻyingan uglevodorodlar toshkoʻmir, yonuvchi slanetslarni haydab ham olinadi. Toʻyingan uglevodorodlar neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori Toʻyingan uglevodorodlardan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. Toʻyingan uglevodorodlar plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi.[1]
Manbalar Tahrirlash
2. ORGANIK KIMYO - G.A.IXTIYAROVA, M.A.ESHMUHAMEDOV, R.I.ISMAILOV, U.K.URINOV, T.:2019 (link[sayt ishlamaydi])
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |