Alkillar – toʻyingan alifatik uglevodorodlarning bir valentli radikallari. Koʻpincha R harfi bilan belgilanadi, baʼzan Alk deb koʻrsatiladi. Alkillar radikallari birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi boʻladi. Birlamchisiga metil CH3–, ikkilamchisiga izopropil (CH3)2CH–, uchlamchisiga uchlamchi-butil (CH3)3C– misol boʻla oladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil