Alkillash — organik moddalarga bir valentli alkil guruhlarini kiri-tish. A. reaksiyasiga komponentlarning konsentratsiyasi va oʻzaro nisbati, kata-lizatorlar hamda temperatura va boshqa omillar taʼsir qiladi. Texnikada A. yoʻli bilan yuqori oktanli yonilgʻi (izooktan va boshqalar), benzol gomologlari (kumol, etilbenzol va boshqalar) va koʻpgina boshqa birikmalar oli-nadi. Shuningdek A.dan boʻyoq, dorivor moddalar, oddiy va murakkab efirlar, maxsus uglevodorodlar va boshqa moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil