Alla (qoʻshiq)
Alla — 1) bolani uxlatish jarayo-nida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qo‘shiq. O‘zbek, uyg‘ur va tojik xalqlari orasida A. nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar bilan, baʼzida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish surʼatiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, to‘rtlik; ijro uslubi erkin, badihago‘y. A. onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifo-dalaydi. Shu bois baʼzi A. namunalari yig‘i ohanglariga yaqin bo‘ladi; 2) beshik to‘yi jarayonida beshikni olib kirayotgan ayollar tomonidan aytiladigan qo‘shiq. Ijro xususiyatlari bayramona maro-sim kayfiyatiga mos; tantanavor doira usuli jo‘rligida kuylanishi mumkin; 3) O‘zbekistonning baʼzi hududlarida A. nomi bilan aytiladigan marosim qo‘shiqlari. Masalan, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlari hamda Xorazmda dafn marosimi jarayonida navbat bilan ayollar (yoki maxsus chaqirilgan allachi-go‘yanda, xalfa) tomonidan badiha uslu-bida aytiladigan qo‘shiq va b. Ayrim tax-minlarga ko‘ra, A. nomi "Alloh" so‘zidan kelib chiqib, Yaratgandan chaqaloqni o‘z panohida asrashni iltijo qilishga nis-bat bilan bog‘liq. Anʼanaviy A. xususiyat-laridan o‘zbek bastakorlari (T. Jalilov, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov) va kompozi-torlari (A. Muhamedov, Ik. Akbarov, S. Yudakov) ijodiy foydalanishgan.Ad: Alaviya M., O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari, T., 1974; Romanovskaya Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1959; Tursunov N., Buxoro udumlari, T., 1994.R. Choriyev
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |