Allellar koʻpligi (nem Allele multiple) — bir xromosoma lokusidagi bitta gendan mutatsiya natijasida vujudga kelgan allellar guruhi. Allellar koʻpligi organizmning muayyan xususiyatlarini belgilab beradi. Allellar koʻpligi ni ifodalovchi belgilar quyidagilardan iborat: 1) doimo muayyan genlar bilan bogʻlangan boʻlishi, yaʼni ular bilan genlar oʻrtasidagi krossingoverning har doim bir xilda turishi takrorlanadi; 2) ikkita allel birga zigotada duch kelganida ham ular bilan bogʻliq boʻlgan irsiy effekt kuchaymasligi, yaʼni allel taʼsirining oʻrtacha boʻlishi; 3) birinchi boʻgʻin gametalarida ularning ajralib ketishi, yaʼni bir genning ikki allelini egallagan geterozigotadan allellarning boʻlinayotgan gametalarga borishi. Mutatsiya natijasida oʻzgargan genlarning maʼlum bir allellar guruhiga mansubligi quyidagi hollarda maʼlum boʻladi: a) oʻzgargan genlardan kelib chiqqan feno-tiplar oʻxshash boʻlganida; b) oʻzgargan genning bir juft allelini egallagan geterozigota fenotipi ikki alleldan biriga oʻxshaganda yoki oʻrtacha boʻlganda; v) struktura jihatidan mustahkam tuzilish bilan bogʻliq boʻlmagan allellar turli gametalar boʻyicha boʻlinib turganda. Genotipik muhit Allellar koʻpligi faoliyatiga kuchli taʼsir qiladi. Bu taʼsir baʼzi bir allellar faoliyatiga xos boʻlishi ham mumkin. Allellar koʻpligi guruhida dominantlik da-rajasi mutatsiyaning chekka resessiv tipidan boshlab ortib boradi; boshqa guruhlarda dominantlik turlicha roʻy be-radi. Shu sababdan har bir gomozigotali va geterozigotali genotip boshqa feno-tipni belgilashi ham mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil