Alligatorlar (Alligator) — timsohlar turkumining bir urugʻi. Ikki turi: Missisipi va Xitoy Alligatori bor. Missisipi Alligatori yoki choʻrtan Alligator (Alligator missisipiensis) Shimoliy Amerikaning janubi-sharqida tarqalgan.Boʻyi 4,6 m ga yaqin, oldingi oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Xitoy Alligatori. (A. sinensis) Yanszi daryosining quyi oqimida tarqalgan, boʻyi 2,5 353m ga yaqin. Alligatorning asosiy ozigʻi baliq bo'lib odamga hujum qilmaydi. May oxiri va iyun boshida urchaydi. Urgʻochisi 20-60 dona tuxum qoʻyadi. Alligator 85 yilgacha umr koʻradi. Bir vaqtlar Alligator Shimoliy Amerikada koʻp edi. Terisi uchun koʻplab ovlanganidan hozir kamayib ketgan. Alligatorning oshlangan terisidan sumka, chamadon, egar qoplamasi kabi buyumlar tayyorlanadi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. AQSH va Kubada Missisipi Alligator maxsus fermalarda boqiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil