Alloxton (yun. allos — boshqa va chthon — yer) — togʻ jinslari majmuasining paydo boʻlgan joylaridan maʼlum geologik jarayonlar sababli yangi oʻringa — avtoxton jinslar ustiga qiyalik va koʻpincha toʻlqinsimon yuza boʻylab siljishi (koʻchishi) va qaytadan yotqizilishi. Sirt boʻylab siljish bir necha km dan 100 km gacha boʻlishi mumkin. Alloxton tektonik qoplamalar hosil qiladi. Alloxton hodisasi koʻproq koʻmir konlarida kuzatiladi (qarang Avtoxton).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil