Allyuvial tekisliklar — doimiy va vaqtli oqar suvlar keltir-malarining yer yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda choʻkib qolishidan vujudga kel-gan tekisliklar. Shagʻal, chaqirtosh va qum, qumoq hamda loyqalardan tashkil topadi. Allyuvial tekisliklarning tuproqlari koʻpincha unumdor boʻladi, dehqonchilik hamda chorvachilikda keng foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil