Alluvial Gravels at the Blue Ribbon Mine Alaska.jpg
South Africa-Eastern Cape-Gamtoos Valley-Alluvial Gravel01.jpg
AlluvialPlain.JPG
Amazon alluvium deposit - autazes.jpg

Allyuviy (lotincha: alluvio – oqiziq), shuningdek, allyuvial yotqiziqlar, oqar suvlar (daryo, irmoq va boshqalar) bilan oqib kelib toʻplangan yotqiziqlar. Allyuviy daryolarning oʻzani, qayir qismi va vodiydagi terrasalarni hosil qiladi. Koʻpgina kontinental choʻqindi formatsiyalarning shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Allyuvial yotqiziqlar qalinligi suv oqimining katta-kichikligiga bogʻliq. Katta tekisliklardagi allyuviyning qalinligi 10–20 metrga, kengligi esa bir necha oʻn km gacha boradi. Bu yotqiziqlar yuqori unumdor har xil tuproqlar (oʻtloqlar, oʻtloq-botqoq va botqoq) uchun ona jins boʻlib xizmat qiladi. Allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan hududlardan qishloq xoʻjaligi da keng foydalaniladi. Qumqumoqli va shagʻalli allyuviydagi tuproqlarda oʻrmon daraxtlari oʻstirish va bogʻdorchilikni rivojlantirish, qumoq choʻqindili qayir va allyuvial terrasalarda esa gʻoʻza, sabzavot hamda yem-xashak ekinlarini yetishtirish mumkin. Allyuvial yotqiziqlardagi tuproqlar unumdor boʻlishiga qaramay oʻgʻitlarga, ayniqsa, kaliyli oʻgʻitlarga juda talabchan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash