Almagul Amantayovna Smetova (qozoqcha: Алмагүл Амантайқызы Сметова; 1966-yil 6-aprel, Pavlodar, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozoq xor dirijyori, pedagogika fanlari nomzodi, Qozogʻiston Milliy sanʼat universitetining „Musiqiy ijrochilik“ fakulteti dekani, „Musiqiy ijrochilik“ va pedagogika kafedrasi professori[1][2][3].

Almagul Smetova
qozoqcha: Алмагүл Амантайқызы Сметова
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1966-yil 6-aprel
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi Xor dirijyori

Biografiyasi tahrir

1966-yil 6-aprelda Pavlodar shahrida tugʻilgan. KazMUU professori. Nemis tilini oʻrgangan. 1991-yilda Qurmangʻozi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasi; „Xor dirijyorligi“ mutaxassisligi sohibi. 1998—2000-yillarda dekan muovini, 2001-yildan S. Toʻraygʻirov nomidagi Pavlodar davlat universitetining sahna sanʼati kafedrasi mudiri[4]. 2017-yilda „New Star kz“ III xalqaro estrada vokal va xoreografiya tanlovining bosh vokal hakami boʻlgan[5]. 2021-yil 19-fevralda Qaragʻanda shahridagi Tattimbet nomidagi Qaragʻanda sanʼat kolleji taqdimoti bosh hayat aʼzosi[6]. 2022-yil 29-mart kuni Oltoy davlat madaniyat instituti tomonidan tashkil etilgan „Musiqa fakulteti ilmiy-metodik konferensiyasi“ ishtirokchisi[7].

Ilmiy ishlari tahrir

  • Razvitie muzikalnogo prosveщeniya v Pavlodarskoy oblasti, 1938–1985 (2006);[8]
  • Fenomen Batirxana Shukenova: ispolnitelskoe iskusstvo i tvorcheskoe nasledie;
  • Istoriya stanovleniya i razvitiya detskix muzikalnix shkol Pavlodarskoy oblasti v sovetskiy period;
  • Istoriya stanovleniya professionalnogo vokalnogo iskusstva Kazaxstana XXVI Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii „Rossiya i Yevropa: svyaz kulturi i ekonomiki“;
  • Sovershenstvovanie podgotovki konkurentosposobnix pedagogov-muzikantov v Respublike Kazaxstan;
  • Sogʻis jildarindagʻi Pavlodar oblisiniң mәdeni mekemelerіnің patriottiq tәrbiesі. „Yeuraziyaliq gʻilim jәne өner“;
  • Janr xorovoy poemi v tvorchestve kompozitorov Kazaxstana (1930-1980jj.). „Xorovoe iskusstvo Kazaxstana“ gʻilimi-әdіstemelіk maqalalar jinagʻi.

Mukofatlari tahrir

  • Idoraviy va boshqa mukofotlar: Ta’lim va fan vazirligining faxriy yorliqlari (2003, 2005, 2016, 2017).
  • 2010-yilda S. Toʻraygʻirov nomidagi PDU Ilmiy kengashi qarori bilan universitet rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun S. To‘rayg‘irov nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan.
  • 2013-yilda Qozog‘iston Milliy san’at universitetining 15 yilligi munosabati bilan oltin medal bilan taqdirlangan.
  • 2015-yilda Qozoq xonligining 550 yilligi oltin medali bilan taqdirlangan.
  • 2017-yil sentabr oyida Qozog‘iston Milliy san’at universiteti “Musiqa” fakulteti dekani etib tayinlangan.
  • 2017-yil dekabr oyida universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
  • 2018-yilda Qozog‘iston Milliy san’at universitetining 20 yilligi munosabati bilan “Oltin medal” bilan taqdirlangan.
  • 2018-yil may oyidan 2020-yilgacha o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.
  • 2019-yil dekabr oyida “Oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning eng yaxshi o‘qituvchisi” medali bilan taqdirlangan.
  • 2020-yil dekabr oyidan hozirgacha “Vokal xor, estrada san’ati va musiqa ta’limi” fakulteti dekani.

Manbalar tahrir

  1. „История музыкального факультета“ (ru). АЛТАЙСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ИНСТИТУТ КУЛЬТУРА. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  2. „Шопен, Весна и ее музыка“ (ru). Ассоциация корейцев Казахстана. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  3. „«Музыкалық орындаушылық» факультеті“ (kk). Қазақ ұлттық өнер университеті. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  4. „Орындаушылық өнер кафедрасы“ (kk). Торайғыров университеті. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  5. „III Международный конкурс эстрадного вокала и хореографии «New Star kz»“ (ru). Танцевальный портал Казахстана. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  6. „Республиканский круглый стол в режиме on-line на тему ««Хоровое искусство Казахстан: теория, методика, инновации»“ (ru). Карагандинский колледж искусств имени Таттимбета. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  7. „Научно-методическая конференция музыкального факультета“ (ru). АЛТАЙСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ИНСТИТУТ КУЛЬТУРЫ. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
  8. „СМЕТОВА АЛМАГУЛЬ АМАНТАЕВНА“ (kk). Қазақстан Республикасының Ұлттық Академиялық кітапханасы. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.