Almanax (arab. — almunah — vaqt, kalendar) — turli mualliflarning mavzu, janr va boshqa belgilarga koʻra birlashtirilgan adabiy asarlari tupla-mi. Oʻrta asrlarda Sharqda astronomiya kalendarlari A. nomi bilan atalgan. Bundan tashqari, Sharq adabiyotida zamon-dosh shoirlarning ijodlaridan namu-nalar yigʻib „Bayoz“lar ham tuzilganki, ularni ham A.larning mukammal shakli deb baholash mumkin. 17-18-asrlardan Yevropada ham shunday A.lar nashr eti-la boshlagan, lekin qiziqarli boʻlishi uchun ularga kichik-kichik badiiy asarlar (hikoya, sheʼr, latifalar) ham kiri-tilgan, shu tariqa, A. hozirgi maʼnosiga ega boʻlgan. Oʻzbekistonda ham A.lar nashr etib turiladi (mas, „Armugon“, 1944; „Zafar“ 1945; „Guldasta“, 1964, 1968; „Yoshlik“, 1970-84 va h.q.).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil