Almashlab ekish
Almashlab ekish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar boʻyicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini taʼminlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish — dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgi-langan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekish ga kiritilgan ekinlarning guruhi roʻyxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band boʻladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish jo-riy etilmay, bir yerning oʻziga bir xil 359ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona oʻtlar koʻpayadi (mas, poliz ekinlarida shumgʻiya, gʻoʻzada vilt, boshoqli gʻalla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar kasalliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona oʻt bosib ke-tishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi. Bularning biri — Almashlab ekish da yetishtirila-digan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi — biologik xususiyati, yetishti-rish texnologiyasi va tuproq unumdor-ligiga koʻrsatadigan taʼsiri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, donli va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, koʻp yillik oʻtlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish boʻlinadi. Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan koʻprogʻi asosiy (gʻoʻza, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi. Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan koʻprogʻini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agrotexnika, alohida sugʻorish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga koʻra tur (tip)larga boʻlinadi. Almashlab ekishning gʻoʻza -gʻalla — beda; don ekinlari — toza shudgor; don ekinlari — oʻtlar — chopiqtalab ekinlar; don ekinlari — oʻtlar; oʻtlar — chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar — sideratli ekinlar; oʻtlar — dalali va boshqa tur (tip)lari bor. Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, gʻoʻza-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi gʻoʻza dalalarini koʻrsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). Oʻzbekistonda xoʻjalikning qaysi soha boʻyicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qoʻllanishi mumkin. Oʻzbekistonda 1930-90-yillarda ja-moa va davlat xoʻjaliklarida 3:7 sxemali donga ajratilgan bir dalali gʻoʻza — beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali gʻoʻza-beda Almashlab ekish va boʻlaklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar — chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qoʻllandi. Almashlab ekishning mazkur sxemalarida gʻoʻza salmogʻi 60-70%ni tashkil etdi. 90-yillar boshidan Oʻzbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sugʻoriladigan maydonning katta qismi gʻalla ekinlari uchun (1997-yilda kariyb 1 mln.ga) ajratildi. Natijada gʻoʻza yakkaziroatchiligiga barham berilib, ayrim xoʻjaliklarda gʻoʻza-gʻalla nisbati deyarli teng boʻlib qoldi. Paxtachilik Almashlab ekish da boshokli don ekinlarini joylashtirish boʻyicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga koʻra ekinlar quyidagicha: 1 (gʻalla): 2 (beda): 7 (gʻoʻza) — gʻoʻza 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (gʻalla) : 2 (gʻoʻza) : 3 (beda) : 1 (gʻalla) : 2 (gʻoʻza) — gʻoʻza 40% joylash-tirilib, Almashlab ekish dalasida gʻoʻza sal-mogʻini 10-20% kamaytirishga erishildi. Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari — 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (gʻoʻza) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (gʻoʻza) : 1 (gʻalla) — gʻoʻza 44,4 — 55,5% boʻlgan namunaviy tav-siyalar berildi. Sholikor xoʻjaliklarda Almashlab ekishning uch, yetti, toʻqqiz va oʻn dalali sxemalari qoʻllanadi. Toʻqqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, oʻris noʻxat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshi-lanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6-70%ni tashkil etadi. Sabzavotchilikda sabzavot ekinlari Almashlab ekishning 360 asosiy boʻgʻini koʻp yillik va bir yillik oʻtlardir. Ekishda beda va boshqadukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, karam, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham moʻl hosil beradi. Begona oʻtlardan koʻproq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sab-zavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholgʻom, turp), kartoshka, bodring karamdan key-in eqilganda yaxshi samara beradi. Sabzavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3-4 yil oralatib eqilgani maʼqul. Oʻzbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil davomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajoʻxori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga oʻrtagi sabza-vot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin er-tagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin er-tagi sabzavot ekinlaridan karam ekila-di), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi. Almashlab ekish tizimi qishloq xoʻjaligi fanlarining yangi yutuqlari va toʻplangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi. Ad.: Tursunxoʻjayev 3. S, Sorokin M., Gʻoʻza — beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yoʻllari, T., 1978; Grechixin V. N. i dr., Sevooboroti v xlopkovodstve: Opit i problemi, T., 1982; Tursunxodjayev 3. S, Bolkunov A., Nauchnie osnovi xlopkovix sevooboro-tov, T., 1987.Abdurahim Ermatov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |