Almashlab ulash qurilmasi -suyuqlik, gaz yoki elektr toki yoʻlini oʻzgartirishga imkon beruvchi qurilma. Gidravlik, pnevmatik yoki elektr Almashlab ulash qurilmasi boʻladi. Suyuqliklar va gaz Almashlab ulash qurilmasi koʻp yoʻlli kran, ventil va bugʻ taqsimlagich boʻlishi mumkin. Elektr zanjirlarini almashlab ulashda turlicha tuzilishdagi almashlab ulash qurilmasi ishlatiladi. Masalan, rubilnik, paketli viklyuchatel. Radioapparatura va aloqa qurilmalarida galetli qurilma, tumblerlar va boshqa qurilmalar Almashlab ulash qurilmasi vazifasini oʻtaydi. Elektr mashi-nalari va energetika qurilmalarini tok bilan taʼminlash va boshqarish zanjirlarini almashlab ulash uchun turli viklyuchatellar, kontrollyorlar, kontaktsiz elektr apparatlari ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil