Alo ibn Muhammad al-G‘ubdiniy

Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy (arabcha: علاء بن محمد الغوبديني — Abulhusayn Alo ibn Muhammad ibn Nuaym al-Gʻubdiniy) — Muhaddis. Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 337/948-yili tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni otasi Muhammad ibn Naim al-Gʻubdiniydan olgan.

Alo ibn Muhammad al-G‘ubdiniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti [1019-yil]]
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Ustozlari

tahrir

Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy keyinchalik hadis ilmining sir-asrorlarini Xalaf ibn al-Xayyom va Abu Ahmad Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Yazdod ar-Roziylardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdi

tahrir

Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniydan Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy va Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustagʻfiriy kabi muhaddislar hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 409/1019-yili 25-yanvarda payshanba kuni vafot etgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.