Aloísio dos Santos Gonçalves, (Aloísio yoki Luo Guofu 洛国富 nomi bilan tanilgan. 1988-yil 19-iyunda tugʻilgan), professional futbolchi, „America Mineiro“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1]. Braziliyada tugʻilgan, u Braziliya fuqaroligidan voz kechgan va 2020-yilda Xitoy fuqaroligini qabul qilgan[2].

Aloísio
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Luo Guofu
Tavallud sanasi 19-iyun 1988-yil (1988-06-19) (35 yosh)
Tavallud joyi Araranguá, Santa Catarina, Brazilya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
América Mineiro
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2006 Grêmio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Grêmio 7 (1)
2007—2008Chiasso (Ijara) 27 (21)
2010 Caxias 16 (10)
2011Chapecoense (Ijara) 18 (14)
2011—2013 Tombense 0 (0)
2011—2012Figueirense (Ijara) 51 (32)
2013São Paulo (Ijara) 39 (22)
2014—2016 Shandong Luneng 66 (33)
2016—2017 Hebei China Fortune 37 (24)
2018—2019 Guangdong South China Tiger 51 (23)
Milliy terma jamoa
2021—2022 Xitoy 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-yanvar 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-fevral 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Aloisio Gremio bilan ilk professional shartnomasini 2006-yilning iyunida besh yilga imzolagan. Klub 7,25 million funt sterling tovon puli toʻlashni shartnoma bandiga qoʻshib bqoʻygan. Aloisio toʻliq debyutini 2006-yil 14-oktyabrda „Gremio“ safida „San Caetano“ga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan.

2007-yilning avgustida u Shveysariyaning ikkinchi divizioni "Kyasso " klubiga ikki mavsumga ijara asosida oʻtgan.

2011-yil 18-mayda u oʻzining sobiq jamoasi „Chapekoense“dagi ajoyib oʻyinlari tufayli Braziliyaning A Seriya klubi „Figeyrense“ga qoʻshilgan. U 19 ta oʻyinda 14 ta gol urib, „Chapekoense“ni Chempionlar kubogiga olib chiqgan.

2012-yilning 1-dekabrida Aloisio "Sao Paulo" bilan oldindan shartnoma imzolaganini tasdiqlanagan, bu shartnoma unga Yevropaning yirik klublaridan shartnoma taklif qilinganda taqdirda "Sao Paulo"dan isteʼfoga chiqarilishi belgilangan[3]. 7-dekabr kuni „Sao Paulo“ klubi prezidenti Juvenal Juvensio Aloisio 2013-yilgi mavsumda jamoada oʻynashini tasdiqlagan[4].

2013-yilning 10-iyulida Aloisio oʻz maydonida Baiyaga qarshi oʻyinda (1:2) Braziliya Ligasida Sao Paulo tarixidagi 1000-golini kiritgan[5]. Keyingi oʻyinda Aloisio Portuguesa de Desporosga qarshi bahsda (2:1) gol urgan[6]. Bir hafta oʻtgach, CR Flamengoga qarshi oʻyinda Aloisio yana bir bor gol muallifiga aylangan[7]. 2013-yil 27-oktabrda Aloisio oʻzining ilk xet-trikini "Sao Paulo" klubida "Internacional "ga qarshi bahsda kiritigan[8].

Aloisio 2014-yilning yanvarida Xitoy Superligasi vakili „Shandong Lunen“ga 5 million yevro evaziga oʻtgan. U Xitoy Superligasining 2015-yilgi mavsumida 28 oʻyinda 22 ta gol urgan holda toʻpurar boʻlgan. Aloisio 2016-yilning iyulida Superliganing boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan[9].

2018-yilning 16-yanvarida Aloisio Xitoyning birinchi ligasiga yangi kelgan Meizhou Meixian Techandga qoʻshilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2021-yil 7-sentabrda Aloisio 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Yaponiyaga qarshi oʻyinda (0:1) xalqaro maydonda debyut qilgan[10]. Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi xalqaro oʻyinida Aloisio gol urgan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Liga Kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Caxias 2010 C Seriya 0 0 0 0 0 0 7 1 - 7 1
Jami 0 0 0 0 0 0 7 1 0 0 7 1
Chapecoense (Ijara) 2011 B Seriya 0 0 0 0 0 0 19 14 - 19 14
Jami 0 0 0 0 0 0 19 14 0 0 19 14
Figueirense (loan) 2011 A Seriya 21 4 0 0 0 0 0 0 - 21 4
2012 30 14 0 0 2 0 17 14 - 49 28
Total 51 18 0 0 2 0 0 0 0 0 70 32
Sao Paulo (Ijara) 2013 A Seriya 33 11 0 0 15 4 15 4 2 1 59 15
Jami 33 11 0 0 15 4 15 4 2 1 59 15
Shandong Luneng 2014 Xitoy Super Ligasi 27 10 0 0 6 1 - - 33 11
2015 28 22 3 2 0 0 - - 31 24
2016 11 1 0 0 0 0 - - 11 1
Jami 66 33 3 2 6 1 0 0 0 0 75 36
Hebei China Fortune 2016 Xitoy Super Ligasi 11 6 0 0 - - - 11 6
2017 26 14 0 0 - - - 26 14
Jami 37 20 0 0 0 0 0 0 0 0 37 20
Guangdong South China Tiger 2018 Xitoy Birinchi Ligasi 26 12 0 0 - - - 26 12
2019 25 11 1 0 - - - 26 11
Jami 51 23 1 0 0 0 0 0 0 0 52 23
Guangzhou Evergrande 2020 Xitoy Super Ligasi 5 0 1 1 3 0 - - 9 1
2021 9 3 0 0 0 0 - - 9 3
Jami 14 3 1 1 3 0 0 0 0 0 18 4
Karyerada jami 220 113 5 3 26 5 58 33 2 1 341 150

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2021 4 1
2022 1 0
Jami 5 1
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 12.10.2021 King Abdullah Sports City Stadium, Jidda, Saudiya Arabistoni   Saudiya Arabistoni 1 — 2 2-3 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Gremio
  • Campeonato Gaucho : 2007-yil
Chapekoense
  • Campeonato Catarinense : 2011-yil
Shandong Luneng
  • Xitoy FA : 2014[12]
  • Xitoy FA super kubogi : 2015

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Xitoy Superligasi „Oltin butsa“ sovrini: 2015-yil

Manbalar tahrir