Alouddin Ali ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy

Alouddin Ali ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy (vaf. taxm. 1456-75 yil.) — mufassir olim.

Alouddin Ali ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Qurʼon ilmlari bilan mashgʻul boʻlgan, hanafiy olimlaridan boʻlgan mufassirning tugʻilgan yili toʻgʻrisida maʼlumot topilmadi. Vafoti haqida ayrim manbalarda 860/1456-yil atrofida[1], baʼzi manbalarda 880/1475-yil atrofida[2] deyiladi. Alloma Alouddin Buxoriydan (vaf. 1456 y.) taʼlim olgan. Alouddin Qurmoniy „Bahru-l-ulum“ („Ilmlar dengizi“) nomli asarini yozishda tafsirga oid koʻpgina kitoblardan foydalangan va oʻzidan ancha fasohatli va foydali iboralarni qoʻshgan. Bu kitob toʻrt jilddan iborat boʻlib, „Mujodalasurasida tugagan. Asarning „Juma surasi“ (inv. № 76-05226), „Baqara surasi“ (inv. № 77-05226) qismi ar-Riyod shahri­d­agi „Markazu-l-malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosati-l-islomiyakutubxonasida saqlanmoqda.


Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Ҳожи Халифа. Кашфу-з-зунун. Ж. 1. – Байрут: Дору-л-фикр. – Б. 225.
  2. Зириклий. Ал-аълом. Ж. 5. – Байрут: Дору-л-илм ли-л-малайин, 2002. – Б. 32.