Altai – (qozoqcha: Алтай, ruscha: Алтай) Qozogʻistonning Sharqiy qismida joylashgan ahamiyatiga ega shahar. Altai 2019-yilgacha Zyryan (qozoqcha: Зырян, Zyrian) yoki Zyryanovsk (ruscha: Зыряновск) deb nomlangan. Altai Ziryan tumanining maʼmuriy markazi hisobnadi. Altai shahri 1791-yilda tashkil etilgan va 1941-yilda shahar maqomini olgan. Aholisi: 39320 (2009-yil aholini roʻyxatga olish natijalari). 1999 - yil aholini roʻyxatga olish natijalariga ko`ra Altai shahri aholisi 43.894 kishini tashkil qilgan[1].

Altai

Altai
Skyline of Altai
49°44′19″N 84°16′19″E / 49.73861°N 84.27194°E / 49.73861; 84.27194
Mamlakat Qozog‘iston
Asos solingan 1941-yil
Ilk eslatilishi 1791-yil
Avvalgi nomlari Altai, Altay.
Qachondan beri 1941-yildan boshlab shahar maqomiga ega.
Aholisi
 (2009-yil)
39 320 kishi
Telefon kodi +7 72335
Pochta indeks(lar)i F42****
[[File:|290px|Altai xaritada]]
Altai
Altai

Joylashuv

tahrir

Zyryanovsk Rudniy Oltoyda Berezovka daryosining boʻyida joylashgan. 183 km uzunlikdagi temir yoʻl Zyrianovskni Ust-Kamenogorsk bilan bogʻlaydi. Bundan tashqari, Zyryanovsk orqali Ust-Kamenogorsk – Raxmanovskie Kluchi va Ust-Kamenogorsk – Bolshenarimskoe avtomobil yoʻllari oʻtadi.

 
Dunyoning xalqaro xaritasi. Oltoy shahri (ZYRYANOVSK deb nomlangan) va uning atrofidagi mintaqaning xaritasi (1965-yil).

Sanoati

tahrir

Zyrianovsk (Oltoy shahri) shahriga 1791-yilda G. G. Zyrianov tomonidan asos solingan. Ushbu shaharning rivojlanish tarixi kompleks-ruda konini ekspluatatsiya qilish bilan uzviy bogʻliq. Zyrianovskda koʻplab ishlab chiqarish kombinatlari („Kazzink“ boʻlimi) mavjud. Ushbu kombinatlar tarkibi ikkita kondan iborat. Bular: Maleevskiy va Grexovskiy.

Taʼlim

tahrir

Oltoy shahrida Sharqiy Qozogʻiston davlat texnika universiteti markazi, shuningdek, tibbiyot kolleji, agrar-texnika kolleji, gumanitar kollej, qurilish va transport kolleji va bundan tashqari sanoat kollejlari faoliyat yuritadi. Shaharda 8 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 3 ta kutubxonasi, maʼdaniyat boʻlimlari, jihozlar va sport saroyi va kerakli uskunalar saqlanuvchi uy mavjud.

Mashhur shaxslar

tahrir
  • Alfred Koch (1961-yilda tugʻilgan) – rus yozuvchisi, matematik-iqtisodchi va biznesmen.
  • Aleksandr Rozenbaum (1951-yilda tugʻilgan) – sovet va rus bardi.

Manbalar

tahrir
  1. Ijtimoiy va demoqrafik statistika departamenti. 2013-yil 8-dekabrda olingan.[sayt ishlamaydi]