Alternativa (frans. alternative; lot. alter — ikkitadan biri) — 1) mumkin boʻlgan ikki yoki bir necha qaror, tutilgan yoʻl, kerakli variantlar va boshqa dan birini tanlash zarurati. 2) Mantiqda — ikki yoki undan ortiq, mazmunan bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini zaruran tanlash (alternativ hukm). Fikrning aniq va izchil boʻlishi uchun Alternativa unga nomuvofiq mulohazalarni istisno qilishda ham foydalaniladi. Matematik mantikda Alternativa deb ikki argument (asos)ni „yoki“ bogʻlovchisi („v“ yoki „t“) opqali bayon qilish tushuniladi.Alternativa o'rin to'ldiruvchi raqobatchi sifatida ham keladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil