Stepan Titovich Altunin (1904.20.7, Rossiya, Samara viloyati Klyavlin tumani — 1959.14.12, Toshkent) — injenergidrotexnik, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), texnika fanlari direktori (1948), professor (1949), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1949). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari institutini tugatgan (1931). Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim va daryolar oqimini tartibga solish guruhi rahbari (1934-42). Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligida katta injener va ishlab chiqarish tadqiqotlari guruhi rahbari (1944- 46). Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Inshootlar va qurilish materiallari institutining gidrotexnika sektori rahbari (1946-56). 1956-yildan Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Suv mu-ammolari va gidrotexnika institutida laboratoriya rahbari. Manbalardan suv olish boʻyicha yangi konstruksiyalar yaratdi va uni jo-riy qildi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil