Oqquyunlilarning Ozarbayjon va Diyorbakirdagi hukmdori Alvond Mirzo (1505-yilda vafot etgan). Hukmronligi 1497-1501-yillar.
Alvond Mirzo Yusufbekning oʻgʻli, Uzun Hasanning nabirasi boʻlgan. Tugʻilgan sanasi haqida aniq manga yoʻq. 1478-yilda Alvond Mirzo Fors viloyatining Sheroz shahri hokimi etib tayinlangan, Biroq, amalda Sulton Xalil yuborgan otabek Bakirbey boshqaruvni oʻz qoʻlida tutgan.1497-yilda Alvond Mirzo boshqa qarindoshlari bilan birga yosh Ahmadga qarshi gʻalayon koʻtarib, Isfahon yaqinida uni magʻlub etishadi. Shundan soʻng, akasi Sulton Muhammad bilan Ozarbayjon va Tabrizni egallab oladi. Yangi sulton sifatida esa Sulton Muhammad oʻz ishini boshlaydi. Ammo, 1498-yilda aka-uka orasidan olamushuk oʻtdi. Alvond Mirzo sulton Muhammadga qarshi chiqib, uni yengadi va Sheroz bilan Forsni egallaydi. Buning ortidan Diyarbakirda hukmronlik qilgan Sulton Qosimga qarshi harakat qilib, uni itoat qilishga majbur qiladi. 1500-yili Alvond Mirzo sulton Murod bilan sulh tuzadi. Unga koʻra, Oqquyunlilarning Kavkaz va Kichik Osiyodagi mulklarga ega chiqib oldi. 1501-yilga kelib Ismoil Safaviy boshchiligidagi qizilboshlilar Alvond Mirzoga qarshi kurash boshlaydi. Dastlab, u Alvondning vassali Shirvonshoh Gʻozibekni yengdi. Soʻngra, Oqquyunlilarning asosiy kuchlari Ismoilni toʻxatishga harakat qildilar. Lekin, 30 ming kishilik qoʻshin bilan „Kura yaqinidagi jang“ da Alvond Mirzo yengildi. 1501-yil avgustida Sharur (hozirgi Ozarbayjonning Naxichevan muxtor viloyati) yaqinida Ismoil Safaviyning 7 ming kishilik qoʻshiniga qarshi hal qiluvchi jang boʻlib oʻtdi. Toʻqnashuvda Alvond Mirzo qaqshatqich magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, Ismoil Safaviy Janubiy Ozarbayjonni Tabriz bilan birga olib, oʻzini shoh deb eʼlon qiladi. 1502-yilda Alvond Mirzo Arzinjonga chekindi va u yerda 1505-yilgacha Ismoil Safaviy tomonidan agʻdarilganicha hukmronlik qilgan.