Alyaska oqimi — Tinch okeanning shimoli-sharqiy qismidagi iliq oqim, Shimoliy Tinch okean oqimining shimoliy tarmogʻi, Aleut orollaridagi sharqiy boʻgʻozlar orqali Bering dengiziga kiradi. Oqim tezligi 0,9-1,8 km/soat. Suv temperaturasi fevralda 2-7°, avgustda 10-15°. Kurosio iliq oqimlar tizimiga kiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil