Alyaskit — intruziv nordon togʻ jinsi; tarkibida 5% gacha rangli mi-nerallar boʻlgan granit. Magmatik, baʼ-zan metasomatik yoʻl bilan kelib chiqqan. Tarkibi kvars (30-35%), kaliyli dala shpati (30-50%) va albit (20% gacha)dan iborat. Kristall-donador, kamdan-kam porfir tuzilishli. Rangi kizil, pushti, oq, och kulrang. Dastlab Alyaska yarim orolda topilgan (nomi shundan). A.ni ka-myob va siyrak yer elementlari konlari bilan bogʻlaydilar. A. Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Baykal ortida topilgan. Qurilishda qoplama bezak-tosh sifatida ishlatila-di.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil