Alyuminiy-organik birikmalar — alyuminiyning uglevodorod qoldigʻi bilan bevosita bogʻlanishidan hosil boʻlgan metallorganik birikmalar. Alyuminiy-organik birikmalarda alyuminiy bir, ikki yoki uchta uglevodorod qoldigʻi bilan boglan-gan boʻlishi mumkin (RA1C12, R2A1C1, R3A1). Alyuminiy uchalkillar — rang-siz, kislorod va namlikka oʻta sezgir suyuqlikdir. Alyuminiyuchmetil va uche-tillar havoda oʻz-oʻzidan yonish, suvda portlash xususiyatiga ega. Alyuminiy-organik birikmalar alyu-miniy-magniy qotishmasiga galloid-uglevodorodlarni, simob-organik birikmalarga alyuminiy taʼsir etttirish va boshqa yoʻllar bilan olinadi. Alyuminiy-organik birikmalar sanoatda olefinlarni past bosimda poli-merlashda katalizator sifatida va sof alyuminiy olishda qoʻllaniladi. Har xil reaksiyalarga kirishish xususiyati kuch-li boʻlgani sababli Alyuminiy-organik birikmalar toʻyinmagan uglevodorodlardan spirt ishlab chiqarishda, organik kislotalar olishda, kimyoviy elementlarning organik birikmalarini hosil qilishda ham ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil