Alyuminiy ftorid
Alyuminiy ftorid, A1F3 — ftorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 3100 kg/m3, suvda oz miqdorda eriydi (100 g suvda 0,56 g). Alyuminiy ftorid kislotada yaxshi eriydi (bunda kompleks birikmalar hosil boʻladi). Alyuminiy ftorid alyuminiy gidroksid A1(ON)3 ni vodorod ftorid (NGʻ)ning 15% li eritmasida eritish yoki alyuminiy oksid (A12O3)ga 400-700° da NGʻ taʼsir ettirish bilan olinadi. Ishqoriy metallarning ftoridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Alyuminiy ftorid sanoatda kriolitdan alyuminiy olish va tozalash jarayonida elektrolitlarga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |