Alyuminiy sulfat
Alyuminiy sulfat, AL2(SO4)3 – sulfat kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida boʻladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda eri-maydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yoʻqotadi, yuqori temperaturada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qoʻsh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi. Texnik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota taʼsir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qogʻoz ishlab chiqarish, toʻqimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |