Alyumogel — faol alyuminiy oksid. Chinniga, ayrim hollarda shaffof shishaga oʻxshash gʻovak modda. Alyuminiy gidroksid ivigʻini ohista quritish usu-li bilan olinadi. A. adsorbsiya jarayonlarida — sanoat gazlarini quritishda (namdan tozalashda), suyuqliklarni rang-sizlantirishda (neftni qayta ishlash, qand-shakarni oqartirishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida), katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil