Amaliy agroelektronika — fan va texnikaning maxsus elek-tron qurilmalar, tizimlar va elektron hisoblash texnikasini yaratish, ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida qoʻllash bilan shugʻullanadigan yoʻnalishi. Asosiy vazifalari: tuproqning fizik-kimyoviy va mexanik koʻrsatkichlarini kuzatuvchi mikroelektron qurilmalarni turli maqsadlarga moʻljallangan yangi mikro-elektron texnikani yaratish va ulardan dehqonchilikda foydalanish; aerokos-mik usullardan qishloq xoʻjaligida foydalanish; dehqonchilik mahsulotlarining sifa-tini oshirishga oid agrostandartlarni tuzish; qishloq xoʻjaligini toʻla kompyuterlash va axborotlashtirish va boshqa Kompyuterlar va maxsus mikroelektron qurilmalarni qishloq xoʻjaligi da qoʻllash ekinlar hosildorligi va ish unumdorligini oshirishga, sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi, suv va energiya tejaladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil