Amandik Batalov
Amandik Gabbasovich Batalov (qozoqcha: Амандық Ғаббасұлы Баталов)(1952-yil 22-noyabr, Nukus) – qozoq siyosatchisi, 2014—2021-yillarda Olmaota viloyatining hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Amandik Batalov | |
---|---|
Tavalludi |
22-noyabr 1952-yil |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Kasbi | Siyosatchi |
Biografiyasi
tahrir1952-yil 22-noyabrda Nukus (hozirgi Oʻzbekiston) shahrida tugʻilgan. Argʻin qabilasining Qanjigʻali urugʻiga mansub[1]. 1975-yilda Jambul irrigatsiya va melioratsiya qurilish institutining „muhandislik va gidrotexnika“ fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan[2].
1981—1985-yillar – „Olmaataotdelstroy“ trestining SMU-37 katta ish boshqaruvchisi, bosh muhandisi va boshligʻi lavozmilarida faoliyat yuritgan[2].
1985—1987-yillar – KPSS Leninskiy tuman qoʻmitasi instruktori, qurilish va sanoat materiallarini ishlab chiqarish zavodi ishchilarining kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS Olmaota shahar qoʻmitasining qurilish va shahar xizmatlari boʻlimi instruktori lavozmilarida ishlagan[2].
1987—1989-yillar – Qurilish va sanoat qurilish materiallari xodimlari kasaba uyushmasi viloyat qoʻmitasi raisi boʻlib faoliyat yuritgan[2].
1989—1991-yillar – Qozogʻiston SSR Vazirlar Kengashi boshqarmasi qurilish va qurilish materiallari sanoati boʻlimining yetakchi mutaxassisi va bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan[2].
1991—1992-yillarda – Qozogʻiston SSR Prezidenti devonining qurilish, qurilish materiallari sanoati boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan[2].
1992-yil – Qurilish sanoati va texnologiyalari konserni vitse-prezidenti lavozimida ishlagan[2].
1992—1994-yillar – Olmaota shahri Kalininskiy tuman hokimi oʻrinbosari boʻlgan[2].
1994—1995-yillar – Leninskiy tumani maʼmuriyati boshligʻi boʻlgan[2].
1995—2001-yillar – Olmaota shahrining Jetisu tumani hokimi lavozmida faoliyat yuritgan[2].
2001-yil iyun – 2008-yil aprel oylarida, Olmaota viloyati hokimining oʻrinbosari boʻlgan[2].
2008-yil apreldan 2014-yil avgust oyiga qadar Olmaota viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2].
2014-yil avgustdan 2021-yil noyabr oyigacha Olmaota viloyati hokimi vazifasini bajargan[2][3].
2016-yilda u „Nur Otan“ partiyasidan Qozogʻiston parlamenti Majlisi deputatligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan[2].
Shuningdek, 2001-yildan buyon Olmaota va Olmaota viloyati voleybol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Voleybol boʻyicha sport ustasi. 2008-yil iyun oyidan – „Jetisu“ Ijtimoiy tadbirkorlik korporatsiyasi Milliy kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi, 2014-yil dekabr oyidan – „SPK Jetisu“ NK OAJ direktorlar kengashi raisi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Qaңjigʻali shejіresi, Qұrastirushilar Gʻ.Umarov, Q.Әlіmjanov, bas redaktor Negimov Serіk 558 bet, Astana 2017 – ISBN 9786013026701
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 „Баталов Амандык Габбасович (персональная справка)“. 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ „Указом Главы государства Баталов Амандык Габбасович освобожден от должности акима Алматинской области“. 2021-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.