Amangeldi tumani — Qoʻstanoy viloyatining janubi-sharqida joylashgan tuman. Maydoni 22,6 ming km2. Aholisi 16,894 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,75 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Batpaqqara tumani nomi bilan 1928-yili tashkil topgan. 1936-yili unga xalq qahramoni Amangeldi nimi berildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Amangeldi qishlogʻi.

Amangeldi tumani
qoz. Аманкелді ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanay viloyati
Maʼmuriy markazi Amangeldi
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Tavkenov Jansultan Qoʻnirtaevich
Aholi (2010) 16,894 [1]
Zichligi 0,75 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 97,77%
Ruslar - 1,02%
boshqalari - 1,21% [1][2]
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 22,6 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71440 [3]
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://amangeldy.kostanay.gov.kz/
Xaritada
Amangeldi tumani xaritada
50°11′5″N 65°11′13″E / 50.18472°N 65.18694°E / 50.18472; 65.18694

Geografiyasi

tahrir

Janubi-shrqidan Jilanshiqturme (mutlaq balandligi 250 – 300 m) choʻqqisi, Aygʻirjal (300 – 350 m) va Qirgʻish togʻlarining shimoliy qoyalari (500 m) mavjud. Gʻarbiy tarafining ancha qismini „Torgʻay qoʻlati“ deb nomlanuvchi qadimgi vodiyning sharqiy qoyalari tashkil qiladi. U sharqiy tarafidan Sarioʻzen, Torgʻay, Jilanshiq daryolarining vodiylari bilan kesishadi. Foylali qazilmalari: qoʻngʻir koʻmir, temir koni, boksit va qurilish materiallari. Tuman hududini Qoʻstanoy — Amangeldi, Amangeldi — Orqaliq, Orqaliq — Yesil avtomobil yoʻllari, Orqaliq — Yesil temir yoʻlining janubiy qismi bosib oʻtadi. Tumanda tabiiy suv kanallaridan Torgʻay, Tasti, Qarinsaldi, Uli Jilanshiq, Qabirgʻa, Qabirgʻa, Baygʻabil, Simtas, Qarasu, Moyildi, Sarioʻzen, Jaldama kabi koʻllar va daryolar ham mavjud. Umumiy avtomabil yoʻllarining uzunligi 806 km, shulardan 262 km asfalt yoʻllar.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi keskin kontinenttal, qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 16 — 22 °C, iyulniki 22 — 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 – 350 mm.

Aholisi

tahrir

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

  • qozoqlar — 16 517 kishi (97,77 %)
  • ruslar — 173 kishi (1,02 %)
  • boshqalari — 204 kishi (1,21 %)
  • Umumiy — 16 894 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir