Amaranthus pumilus
Amaranthus pumilus, dengiz boʻyidagi amarant yoki dengiz qirgʻogʻi amaranthi singari nomlar bilan mashhur boʻlgan amarantning bir turi hisoblanadi. Bu bir yillik oʻsimlik hozirda yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan, garchi u ilgari Amerika Qoʻshma Shtatlarining sharqiy qirgʻoqlari boʻylab keng tarqalib ketgan boʻlsa-da, endilikda bu hududdagi amaranthuslarning soni keskin kamayib ketgan.
Amaranthus pumilus | |
---|---|
Muhofazalash holati
| |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | O'simliklar |
Sistematika | Traxeofitlar |
Sistematika | Angiospermlar |
Sistematika | Eudicotlar |
Oila: | Amaranthaceae |
Jins: | Amaranthus |
Turlar | A. pumilus
|
Binar nomi | |
Amaranthus pumilus |
Tarix
tahrirAsosan dengiz boʻyida o'sadigan amaranth bir vaqtlar Janubiy Karolinadan Massachusetsgacha keng tarqalgan edi. U birinchi marta New-Jersey shtatida aniqlangan, ammo 1913-yilga kelib bu shtatdagi o'simlik vakillari butkul yoʻq qilingan. Bugun dunyoda bu oʻsimlik asl diapazonining uchdan ikki qismi ham mavjud emas[1]. Oʻsimlik ilgari yashash joylarini oʻzlashtirilishi va rekreatsiya faoliyati tufayli yoʻq boʻlib ketgan, baʼzi joylarda qayta oʻsa boshlagan, lekin bunday hududlar juda oz.
Tavsif
tahrirOʻsimlikning ancha etli barglari boʻlgani tufayli koʻplab past va egilgan poyalardan iborat. Yuzlab poyali kattaroq oʻsimliklar taxminan bir metr maydonni egallashi mumkin. Sariq gullari koʻzga tashlanmaydi, ammo iyul oyida koʻplab urugʻlar hosil qiladi. Bu urugʻlarning uzoq umr koʻrish qobiliyati Amaranthus pumilusning ilgari gʻoyib boʻlgan joylarda qayta paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin deya taxmin qilinadi.
Tarqalishi
tahrirBu oʻsimlik qumli plyajlarda, ayniqsa bariyer orollarida keng tarqalgan. U suv bo'yiga yaqin qumtepalar tagida juda yaxshi oʻsadi. Dengiz boʻyidagi amaranth boshqa plyaj oʻsimliklari bilan birga oʻssa-da, lekin Amerika dengiz raketasi (Cakile edentula) nomli boshqa tur bilan bir joyda uchramaydi. Oʻsimlik qumli plyaj ekotizimida muhim ahamiyatga ega boʻlib, qumtepalarni hosil qiladi va atrofiga tinimsiz qum toʻplaydi[2].
Qoʻshma Shtatlardagi tabiatni muhofaza qilish holati
tahrirOʻsimlik 1993-yilda Qoʻshma Shtatlarning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlari roʻyxatiga kiritilgan[1]. Ehtimol, bu turning atigi 50 ta vakili qolgan boʻlishi mumkin[1]. Bu o'simlik turi alohida noyob tur sifatida sanab oʻtilgan, jumladan, Konnektikutda bu o'simlik turi butkul yoʻqolib ketgan[3], Shimoliy Karolinada esa katta tahdid ostida va Marylend, New-Jersey, New-York (shtat) va Rod-Aylendda y'oqolib ketish arafasidagi tur hisoblanadi[4]. Oʻsimlikning yoʻq boʻlishiga asosiy sabablar plyajlarning oʻzlashtirilishi, yoʻllar qurilishi, transport harakatlarining haddan tashqari koʻpayishi va boshqa ta'sirlarni oʻz ichiga oladi[1]. Shimoliy Karolina sohilida ikkala jahon urushi paytida torpedolangan kemalardan sohilda qolgan neft tankerlari Amaranth dengiz sohilining yoʻq boʻlib ketishining asosiy sababidir.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „The Nature Conservancy“. 2008-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Center for Plant Conservation“. 2010-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
- ↑ „Connecticutʼs Endangered, Threatened and Special Concern Species 2015“. State of Connecticut Department of Energy and Environmental Protection Bureau of Natural Resources. Retrieved 19 January 2018. (Note: This list is newer than the one used by plants.usda.gov and is more up-to-date.)
- ↑ „Plants Profile for Amaranthus pumilus (seaside amaranth)“. plants.usda.gov. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
Havolalar
tahrir- AQSh FWS maʼlumotlari (Wayback Machine saytida 2011-05-26 sanasida arxivlangan)