Amber-Keegan Stobbs (talaffuzi: Amber-Kigan Stobbs; 1992-yil 21-oktabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Angliya ayollar chempionatida Lewes safida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Amber-Keegan Stobbs
Playing Lewes FC safida 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amber Keegan Stobbs
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1992-yil (1992-10-21) (31 yosh)
Tavallud joyi London, Angliya
Boʻyi 5 ft 3 in (1.60 m)
Ampluasi Yarim himoyachi, hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lewes
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Chelsea
Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Washington Spirit
2016 Reading 8 (0)
2017 Everton 5 (0)
2017—2018 West Ham United 6 (1)
2018—2019 Charlton Athletic 18 (1)
2019—2021 Crystal Palace 18 (2)
2021—2022 Watford 20 (0)
2022— Lewes 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-iyul uchun)

Faoliyati tahrir

Yoshligi tahrir

Stobbs olti yoshida futbol oʻynay boshlagan, maktabda oʻqib yurganida Arsenal Womenda oʻynagan. Keyin Chelsea Ladies jamoasiga oʻtdi. 2010-yilda Qoʻshma Shtatlardagi Hofstra universitetiga oʻqishga kirdi va Hofstra Pride safida futbol oʻynadi. Universitetdagi faoliyati davomida u 66 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi[2].

Washington Spirit tahrir

Hofstradagi faoliyati davomida Stobbs avvalroq Amerikaning USL W-ligasida Vashington Spirit Reserves jamoasida oʻynagan va u jamoaga 2015-yilda milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam bergan[3][4].

Kattalar safida tahrir

Reading tahrir

2015-yil dekabr oyida Stobbs FA WSL 1 ning Reading FC bilan shartnoma imzoladi[5][6][7][8]. Readingda Stobbs 2016-yilgi mavsumda koʻp oʻynamadi, bor-yoʻgʻi 8 oʻyinda qatnashdi[9].

Everton tahrir

2017-yil fevral oyida Stobbs FA WSL Spring Series oldidan FA WSL 2da raqobatlashayotgan Everton bilan shartnoma imzoladi[10]. Oʻsha oyning oxirida Angliya ayollar kubogida Brighouse Townga qarshi 8-1 hisobida gʻalaba qozongan Toffees safida debyut qildi[11]. Everton bahorgi seriyada gʻalaba qozondi, Stobbs beshta oʻyinda qatnashdi.

West Ham United tahrir

2017—2018-yilgi mavsum oldidan Stobbs FA Ayollar Premer-ligasi Janubiy divizionida ishtirok etuvchi West Ham Unitedga qoʻshildi[12].

Shaxsiy hayoti tahrir

Stobbs malakali FA murabbiyi va West Ham fondida ayollar va qizlar ofitseri sifatida ishlagan. U hozir  Equal Focus Football direktori, mahalliy qizlar futboli va imkoniyatlari bilan ishlaydi va rivojlantiradi[13]. Stobbs Hofstra universitetida ikki daraja: psixologiya boʻyicha bakalavr va sport fanlari magistri darajasiga ega. 

Manbalar tahrir

  1. „Amber Stobbs | West Ham United Profile“. West Ham United FC. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  2. „Stobbs Signs Professional Contract With Reading FC“. Hofstra University. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  3. „Washington Spirit Reserves sign forward Amber Stobbs to the 2014 W-League squad“. SoccerWire (2014-yil 15-aprel). 2018-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  4. „W-League: Washington Spirit Reserves win championship“. GoalNation (2015-yil 27-iyul). 2018-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  5. „Women's Super League: Reading sign forward Amber Stobbs“. BBC (2015-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  6. Bohl. „Stobbs Signs Professional Contract With Reading FC“. Hofstra University (2016-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  7. „Stobbs Joins Royals on Pro Contract“. FA WSL (2015-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  8. Drudge. „FourFourTwo's FA Women's Super League Season Preview 2016!“. Four Four Two (2016-yil 23-mart). 2018-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  9. Tom Crocker. „"It's not good enough," says Emma Follis as Reading FC Women draw with Sunderland“. Wokingham Paper (2016-yil 3-may). 2018-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  10. „Blue Girls Add Duo“. FA WSL (2017-yil 3-fevral). 2018-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  11. „Amber Stobbs | Everton Profile“. Everton FC. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  12. „West Ham United Ladies sign exciting WSL forward Amber Stobbs“. West Ham United FC (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2018-yil 12-fevral.
  13. „Equal Focus Football | About Us“ (en). www.equalfocusfootball.com. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr. [sayt ishlamaydi]